Tashkil qilish



Yüklə 21,78 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü21,78 Kb.
#137349
  1   2   3   4
BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO\'RSATISHNI


BOLALARGA TIBBIY YORDAM KO'RSATISHNI
TASHKIL QILISH
Bolalar salomatligini muhofaza qiluvchi muassasalarga bolalar
ambulatoriya-poliklitnika muassasalari, bolalar stasionarlari va boshqalar kiradi.
Ambulator-poliklinika yordamini ko'rsatadigan asosiy muassasalardan biri bolalar
poliklinikasi bo'lib, u mustaqil va oilaviy poliklinika tarkibiga kiruvchi birlashgan
poliklinikalardir. Bolalarga ambulatoriya-poliklinika yordami asosan poliklinikada,
uyda, maktabgacha muassasalarda va maktablarda 0 yoshdan 14 yoshu 11oygacha
bo'lgan bolalarga ko'rsatiladi. Bolalarning asosiy qismi (75-85%) bolalar
poliklinikasida davolanadilar.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimi 30.03.07 qaroriga binoan
bolalar poliklinikasi ish faoliyati davolash-profilaktika yordamining umumiy
prinsiplari asosida tashkil qilinadi: " bolalarga uchastka prinsipi asosida xizmat
ko'rsatiladi va profilaktik yo'nalishda olib boriladi"
Bunda uchastkadagi 0-14 yoshdagi bolalar soni 700-800 tadan oshmasligi
kerak. Bolalar poliklinikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam xajmining oshib
borishiga qaramay, xozirgacha asosiy shaxs uchastka pediatri yoki umumamaliyot
shifokori bo'lib qolmoqda.
Kasal bolalarga tibbiy yordam faqat uyda ko'rsatilishi, hamda sog'lom
bolalargina va surunkali kasalliklarining tinch holatidagina poliklinikaga murojaat
qilishlari zarur. Shuning uchun bolalarga uyga qilingan qatnovlarining 90% idan
ortig’ini uchastka pediatrlari yoki umumamaliyot shifokorlari bajaradilar.
Uchastka pediatri hamda umumamaliyot shifokori vazifalariga, davolashprofilaktika yordam ko'rsatishdan tashkari, sog'lom bolalarni profilaktik
koriklarini tashkil qilish, surunkali kasalliklari bo'lgan bolalar ustidan dispanser
nazoratini tashkil qilish kiradi. Uchastka pediatri va umumamaliyot shifokori
bolalar salomatligini shakllanishi va rivojlanishini, sog'lom bolani voyaga
yetkazish sharoitlarini, profilaktika masalarini va kasalliklarni asoratlarini, oiladagi
sog'lom xayot tarzi sharoitlarini yaxshi bilishlari kerak.
Bu maqsadda uchastka pediatri va umumamaliyot shifokori akusherginekologik muassasalar bilan aloqada bo'lishi va bolalar sog'lig'ini nazorat
qilishda uzviy bog'liqlikni mustahkamlashlari shart.
Bolalar shifoxanasida sog'lom bolalar bilan profilaktik ishlar uz ichiga
uchastka pediatrii tomonidan profilaktik ko’rikni amalga oshirishni qamrab oladi,
bunda ota-onalarga bolalarni ovqatlantirish, jismoniy tarbiya, chiniqtirish va
boshqalar bo'yicha tavsifnomalar beriladi.
Labaratorik-tashxis kuzatuvlar, shifokor-mutaxasislar ko’rigini tashkil etish
va uning salomatligiga xafli faktorlar mavjudligi go’dak yoshiga bog’liq.
Kompleks tibbiy ko’riklar o’tkazish kasalliklarni boshlang'ich davrida
aniqlash, o’z vaqtida davolashni olib borish va shu o’rinda surunkali rivojlanish
jarayonini oldini olish imkonini beradi.
Alohida e'tibor yil davomida 4 va undan ko'proq kasallanuvchi, 40 kundan
uzoqroq muddatli tez kasallanuvchi guruhiga taluqli bolalarga qaratilishi zarur,
chunki aynan shu bolalarda turli xildagi surunkali kasalliklar rivojlanadi. Tez va
uzoq muddatli kasallanuvchi bolalarni nazorat ostiga olishadi (f.ʋ30/u) va har bir
go’dak bilan alohida nafaqat profilaktik, umumsog'lomlashtirish, balki maxsus
davolash tadbirlari olib boriladi.
Salomatlik guruhining 3,4,5 guruhi bolalari ya'ni turli davrdagi surunkali
kasalliklari bor bolalar pediatr yoki mutaxasislar nazoratida bo’ladilar va u yoki
bu patalogiyasiga qarab davolanib turadilar.
Dispanserizasiya ishining samaradorligi va nazoratdan chiqarish kriteriyasi
bo'lib bemorning umumiy holatining qoniqarliligi, yaxshi emosional ko’rinish,
uzoq barqaror doimiy harorat, klinik va rentgenologik kasalliklarining yo'qligi
hisoblanadi. Ushbu guruhga kiruvchi bemor bolalarni nazoratdan chiqarish
masalasi shaxsiy xal etiladi, ammo asosan bolalar umumiy salomatlik holati
yaxshilanishganidan ikki yildan so’ng amalga oshiriladi.
Sog'lom va kasal bolalar bilan olib boriladigan profilaktika ishlari bu
ko’rgazmali va ishonchlilikka ega bo'lgan sanitariya-oqartuv ishlarini tashkil
etishdan iboratdir. Sanitariya - oqartuv ishlari bo'yicha suxbatlar shifoxonada qabul
vaqtida, hamda uyga tashrifida va maxsus mashg’ulotlarda olib boriladi.
Sanitariya oqartuv ishlarini tashkil etishda "Sog'lom bola" xonasi katta rol'
uynaydi, bu yerda ota-onalarni sog'lom bolani tarbiyalash qoidalariga o’rgatiladi,
sog'lom xayot tarzi asoslari targ’ibot qilinadi. Tabiiyki, "sog'lom bola" xonasi
uslubiy materiallar, ko’rgazmali qurollar bilan ta'minlangan bo'lishi kerak.
Sog'lom bola xonasi ishining maxsus bo'limi maktabgacha va maktab
muassasalariga kirishga tayyorgarlik ko’ruvchi bolalar bilan alohida tadbirlar
o’tkazishdan iborat bo'lishi kerak.

Yüklə 21,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə