I. Bob Kompyuterda proeksion, mashinasozlik chizmachiliklariga oid vazifalarni



Yüklə 299,56 Kb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü299,56 Kb.
#136363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.zakas avg\'on

Yozuvlar va texnikaviy talablar

Chizmalarda yozuvlari va texnikaviy talablarni qo`yish qoidalari GOST 2.316-68 da bayon qilingan.


Texnikaviy talablar chizmaning asosiy yozuvni yuqorisiga joylashtiriladi. Bu texnikaviy talablarda detalda yoki tayyor buyumda grafikaviy tasvirlab ko`rsatilmagan hamma zarur bo`lgan talablar ko`rsatiladi.
Texnikaviy talablarni iloji boricha quyidagi tartibda bayon qilish lozim:
a) materialga, termik ishlashga va shunga uxshashlarga quyiladigan talablar;
b) o`lchamlar, o`lchamlarning chekli chetga chiqishlari, sirtlarning shakllari va ularning o`zaro joylanishi, massasi va shunga o`xshashlar;
v) sirtlarning sifatiga quyiladigan talablar, sirtlarga ishlov berish, qoplamlari to`g`risidagi ko`rsatmalar.
2.2 Detal eskizini chizish
Sanoatda bir marta foydalanish uchun mo`ljallangan konstruktorlik hujjatlari eskiz deb ataladi. Eskizlarda chizma asboblaridan foydalanmasdan («kulda») ko`z bilan chamalangan masshtabda chiziladi.
Eskizdan detalning ish chizmasini chizish uchun foydalanish mumkin, shunga ko`ra eskizda detalning shakli, uning o`lchamlari ruxsat etiladigan chetga chiqishlari, materiali, sirtning sifati to`g`risidagi ma`lumotlar beriladi.
Detalning asliga qarab eskizini chizishda detalning alohida elementlarining shakliga jiddiy e`tibor berish kerak. Masalan, detalni qo`yishdagi nuqsonlar eskizda aks ettirilmasligi lozim.
Bosh ko`rinish detalning shakli va o`lchamlari to`g`risida to`laroq tasavvur beradigan qilib tanlab olish lozim. 10-shakl, a da frontal proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalash yo`nalishi strelka bilan ko`rsatilgan, shunday proyeksiyalangan tasvir (bosh ko`rinish yoki frontal qirqim) detal to`g`risida anig` tasavvur beradi.
Aylanma jismdan iborat bo`lgan vallar, o`qlar, chervyaklar, tishli g`ildiraklar, prujinalar va shunga o`xshash detallarning aylanish o`qlarini eskiz yoki chizmaning asosiy yozuviga parallel qilib joylashtirish lozim.
Eskizlarni tuzish tartibi.
Avvalo eskiz formatini ramka bilan chegaralash va pastki o`ng burchagida asosiy yozuv va texnikaviy talablar yozuvlari uchun joy qoldirish lozim.
Detal eskizini tuzishning keyingi bosqichi-ko`rinishlar, qirqimlar va kesimlar sonini belgilash..



10-shakl

Tasvirlar proyeksion bog`lanishi saqlangan holda va ko`rinishlar orasida o`lchamlar, yuza g`adir-budurligi belgilar, yozuv va boshqalarni qo`yish uchun yetarlicha joy qoldirish lozim.


Detallarning kontur qiyofalari yumshok qalam bilan yurgizib chiqiladi, qirqimlar bajariladi, yuzalar g`adir-budurliklarining shartli belgilari qo`yiladi (11-shakl, v).
Olingan tasvirlarda chiqarish va o`lcham chiziqlari. O`lcham chiziqlarini detalning ichki va tashqi sirtlari uchun aloxida gruppalanib qo`yiladi. O`lcham chiziqlari iloji boricha detal tasviri konturidan tashqariga chiqarib o`tkazilishi kerak.
Avval gabarit o`lchamlarining, o`qlar orasidagi masofalarning, teshiklar diametrlarining o`lcham chiziqlari, so`ngra qo`yiladi.
O`lcham chiziqlari qo`yiladigandan keyin detal kronsirkul, nutromer, lineyka, shtangersirkul, rezba o`lchash va boshqa asboblardan foydalanib o`lchanadi. Shu bilan bir vaqtda o`lcham sonlari quyib chiqiladi (11-shakl, g).



Yüklə 299,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə