I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar


Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi va metodologiyasi



Yüklə 59,95 Kb.
səhifə3/8
tarix23.12.2023
ölçüsü59,95 Kb.
#157122
1   2   3   4   5   6   7   8
I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar-www.fayllar.org

Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi va metodologiyasi.
Bashariyat uchinchi ming yillikka qadam qoʻyganiga ham salkam chorak asr boʻlyapti. Bu ming yillikda insoniyat jahon va ayrim mamlakatlarning taqdiri qanday kechadi, xalqaro munosabatlar qaysi yoʻnalishda rivoj topadi, mintaqaviy, etnik, diniy, milliy ziddiyatlar kundan-kunga koʻpayib borayotgan yer yuzida vaziyat qay tarzda boʻladi, degan savollar qarshisida turadi.
Aytish joizki, siyosatshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, futurologlar, astrologlar va boshqalar XXI asrda insoniyatni qanday taqdir kutayotgani haqida allaqachon oʻz farazlarini ilgari surishgan. Xalqaro munosabatlarda oʻzaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solayotgani ham ayon gap. Turli mojarolar, xunrezliklar jahonning qaysi mamlakatida roʻy bermasin, bundan albatta koʻnglimiz g‘ash tortadi. Ayrim mintaqalarda qon toʻkilayotgani, nizo va adovatlar avj olayotgani, millatchilik, shovinizm kabi xavfli ofatlar maydonga chiqayotgani, bir soʻz bilan aytganda, vaziyat tobora keskinlashib, xavf-xatarlar ortib borayotgani barchamizni tashvishlantiradi.
Kurs ishining maqsadi. Iqtisodiyotga qarshi jinoyatlar haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Kurs ishining vazifasi. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni aniqlash va ularga qarshi kurashish. Hamda tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi kurashda insonlar ongini o`stirish.Iqtisodiy jinoyatlarni oldini olishda davlat konstitutsiyasidagi qonunlardan puxta foydalanish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va 30 betdan tashkil topgan.
IQTISODIY JINOYATLAR - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi. Ijtimoiy jinoyat-ga:
1) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish;
2) oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlar;
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
4) xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
Moddiy neʼmatlar va mehnat mahsuli boʻlgan boyliklarni taqsimlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi jinoyatlardan eng xavflisi oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish hisoblanadi. Oʻzgalar mulkini oʻzlashtirish usuliga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi JKda talon-taroj qilishning: bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, oʻzlashtirish (rastrata), firibgarlik, oʻgʻrilik kabi shakllari ajratilgan (164—169-moddalar). Talon-tarojning predmeta moddiy qiymati, pul bahosiga ega boʻlgan va oʻzgalar mulki hisoblangan pul, qimmatbaho qogʻozlar va sh. k. dir.
Oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jinoyatlarga aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish, jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish, mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, axborotlashtirish qoidalarini buzish kabi qilmishlar kiradi (Oʻzbekiston Res-publikasining JK, 170—174-moddalar). Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar sirasiga OʻzR manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish, valyuta bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish, chet el valyutasini yashirish, soxta tadbirkorlik, soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish, bojxona toʻgʻrisidagi qonunlarni buzish, rangli metallar, ularning parcha va rezgichiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish kabilar kiradi.
Xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar esa sifatsiz mahsulot chiqarish yoki sotish, etil spirtli, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda i. ch. yoki muomalaga kiritish, savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shugʻullanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish faoliyati bilan litsenziyasiz shugʻullanish, qonunga xilof ravishda axborot toʻplash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish, raqobatchilikni ob-roʻsizlantirish kabilardan iborat.
Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalasida «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat pro-sessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisi-da»gi OʻzR qonuni (2001-y. 18 okt.)ga asosan koʻproq iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash nazarda tutilgan. Mazkur qonunda ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga koʻproq jarima jazosini qoʻllash belgilangan.
Bundan tashqari, Iqtisodiy jinoyatlarga jazo tayinlashda ja-zoni ogʻirlashtiruvchi holatlarga alohida eʼtibor berilgan. Shuningdek, yetkazilgan zararning va undan kelib chiqqan oqibatning xususiyati ham hisobga olinishi qayd etilgan. Yuqoridagi qonunga binoan, JKga jabrla-nuvchi b-n yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi 66-modda kiritildi.


Yüklə 59,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə