I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar


Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar



Yüklə 59,95 Kb.
səhifə2/8
tarix23.12.2023
ölçüsü59,95 Kb.
#157122
1   2   3   4   5   6   7   8
I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar-www.fayllar.org

Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar - eng ogʻir xalqaro jinoyatlar. Xalqaro harbiy tribunal ustavi kvalifikatsiyasi boʻyicha, agressiv urushni rejalashtirish, unga tayyorgarlik koʻrish, bunday urushni ochish va olib borish yoki xalqaro shartnomalar, bitimlar, ahdlashuvlarni buzgan holda urushda bironbir tarzda qatnashish tinchlikka qarshi jinoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 1947-yil
3-noyabrdagi Rezolyutsiyasiga koʻra, urushni targʻib qilish ham shunday jinoyat hisoblanadi. Xalqaro huquqqa koʻra, tinchlikka qarshi jinoyat uchun javobgarlikka tortish muddatini qoʻllash mumkin emas (ya`ni, elgilangan vaqt oʻtgandan keyin ham jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi).
Insoniyatga qarshi jinoyatlar millat va davlatlarning yashash asoslariga, ularning progressiv taraqqiyoti va tinch xalqaro aloqa qilishiga xavf solishda ifodalanadi. Mustamlakachilik, genotsid, aparteid, atmosfera yoki dengizlarni yoppasiga ifloslantirish (ekotsid) shunday jinoyat sirasiga kiradi. Davlatlar, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslar insoniyatga qarshi jinoyat subyektlari va bunday jinoyatni qilganlik uchun javobgarlik subyektlari boʻlishi mumkin. Tinchlik va insoniyatga qarshi jinoyatlar va uchun davlatlar siyosiy va moddiy javobgarlikka, konkret jismoniy shaxslar esa - yakka tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Respublikamiz istiqlolga erishgan dastlabki yillardan to bugunga qadar xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida yondashilayotgani hech kimga sir emas. Yana shunisi aniqki, mazkur ezgu maqsadni amalga oshirishda ichki ishlar organlari xodimlarining munosib oʻrni bor. Ayniqsa soʻnggi yillarda mamlakatimiz hayotida roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy oʻzgarishlar soha vakillarining jamoat xavfsizligi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan faoliyatini har jihatdan mukammallashtirish talabini qoʻymoqda. Shu ma’noda, ichki ishlar organi xodimining bosh vazifasi jinoyatlarning oldini olish etib belgilandi. Ayni maqsadda ichki ishlar organlariga oid huquqiy hujjatlar jadal takomillashtirilmoqda. Jumladan, soʻnggi yillarda kuchga kirgan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”, Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston espublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻg'risida” hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi kabi bir qator huquqiy-me'yoriy hujjatlar jinoyatchilikka qarshi kurash hamda jazo muqarrarligini ta’minlash asoslarining mustahkamlanishiga xizmat qildi.Bu ishlarning tizim moddiy texnik negizini kuchaytirish, ilg'or uslub va texnologiyalarni qoʻllash, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlariga uyg'un tarzda amalga oshirilayotgani soha vakillari mas'uliyatini yanada shirmoqda. Fuqarolarning ichki ishlar organlariga murojaat etish imkoniyatlari ham kengayib bormoqda.
Xususan, hududida xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida avtomashina bilan ta’minlangan profilaktika inspektorlari xalqning tom ma’nodagi koʻmakchisiga aylandi. Qisqasi, viloyatning barcha aholi punktlarida “Xavfsiz hudud” kontseptsiyasi asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash choralari koʻrilayotir. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan “Xavfsiz shahar” kontseptsiyasi hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12-iyundagi “Jizzax viloyatida jamoat tartibini saqlashni, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg'risida”gi qaroriga asosan Jizzax shahrida patrul-post xizmati 3 navbatda tashkil etildi.
Bu esa viloyat markazidagi eng gavjum koʻchalar, aholi toʻplanadigan joylar, tashkilot, korxona va muassasalar hamda boʻsh turgan inshootlarni doimiy nazoratga olish imkonini berdi. Ichki ishlar organlari xodimlari sektorlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan tadbirlarda ham faol qatnashmoqdalar. Chunonchi, Prezidentimiz hamda respublika Ichki ishlar vazirining topshirigʻi asosida ehtiyojmand oilalalarni kambag'allikdan chiqarish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, viloyat ichki ishlar organlari mas'ulligidagi sektorlarda yashovchi ehtiyojmand oilalarga 3,5 milliard soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar ajratilishiga erishildi. Shuningdek, mehnatga layoqatli 3 ming 912 kishi ishga joylashtirildi.

Yüklə 59,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə