I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar


Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish



Yüklə 59,95 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü59,95 Kb.
#157122
1   2   3   4   5   6   7   8
I bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar-www.fayllar.org

2.2. Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish
Jinoyatning bevosita obyekti har xil shartnomaviy va boshqa majburiyatlardan kelib chiquvchi mulkiy munosabatlar hisoblanadi.
Jinoyatning predmeti mulk shaklidan qat’i nazar, har qanday mulk bo‘lishi mumkin.
Obyektiv tomondan jinoyat talon-toroj alomatlari bo‘lmagani holda, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkdorga ancha miqdorda zarar yetkazishdan iborat.
(Bu moddada ko‘zda tutilgan «aldash» va «ishonchni suiiste’mol qilish» tushunchalari haqida JK 168-moddasi (Firibgarlik) tahliliga qarang.)
Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyat bir qator belgilari bo‘yicha firibgarlik bilan o‘xshashdir. Aybdor tahlil qilinayotgan jinoyatni sodir etishda o‘z maqsadiga erishish uchun firibgarlik jinoyatidagi kabi aldash va ishonchni suiiste’mol qilishdan foydalanadi, biroq firibgarlikdan aybdorning mulkiy foydani g‘ayriqonuniy ravishda qo‘lga kiritish mexanizmi bilan ajralib turadi. Agar firibgarlikda talon-toroj qilishning boshqa shakllari kabi mulkdordan mulkni qo‘lga kiritish va uni aybdorning yoki boshqa shaxslarning foydasiga g‘ayriqonuniy o‘tkazish sodir etilsa, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazishda mulk qo‘lga kiritilmaydi. Ushbu jinoyatda talon-toroj qilishning u yoki bu mulkdorning mulkini shaxsiy fondidan qo‘lga kiritish kabi belgisi mavjud emas, ya’ni mulkdorga tegishli yoki boshqa qonuniy egasi qo‘lida bo‘lgan mulkning mavjud massasi kamayishi sodir bo‘lmaydi. Odatda aybdor mulkiy foydani o‘zganing mulkini egallab olish orqali emas, balki lozim bo‘lgan summani to‘lamaslik orqali qo‘lga kiritadi.
Talon-toroj qilishning o‘ziga xosligini belgilovchi xususiyat mol-mulkni qonuniy egalikdan aybdorning egaligiga o‘tish jarayonidir. O‘zganing mulkini ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish jinoyatida mulk egasi yoki qonuniy mulkka egalik qilayotgan shaxsning mol-mulki hisobining kamayishi orqali aybdor yoxud mulkiy manfaatlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan shaxsning mulkiy holati oshib boradi.
Sud-tergov amaliyotida ushbu jinoyatni sodir etishning turli shakllari uchraydi. Masalan, kassir yoki provodnikning chiptasiz yurganligi uchun yo‘lovchilardan pul olishi; bajarilgan ish uchun mijozlar to‘lagan pulning turli xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan o‘zlashtirilishi va h.k.
Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish shakllari turli xil bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunda belgilangan tartibda xizmat yoki topshiriq asosida foydalanish uchun berilgan transport vositasidan o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanish shaklida aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan ishonib topshirilgan mulkni belgilanmagan tartibda foydalanishda ko‘rinadi. Ushbu holatda shunga e’tibor berish lozimki, korxonaga tegishli bo‘lgan materiallar, moddiy, qurilish mollaridan o‘zining manfaatlari yo‘lida foydalanish sharhlanayotgan jinoyat tarkibiga kirmaydi va tegishli shaklda o‘zganing mulkini talon-toroj qilish (rastrata yoki o‘g‘rilik) sifatida qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish respublika yoki mahalliy Budjetlarga boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslikda (yoki ularning hajmini kamaytirishda) ifodalanishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasini yashirish maqsadida mulkdan haqini to‘lamasdan foydalanib turish to‘g‘risida shartnoma tuzish orqali; yer uchastkasi yoki ko‘chmas mulkni sotib olishda shartnoma tuzayotganda uning haqiqiy narxini kamaytirib ko‘rsatish orqali; soliq yukini kamaytirish maqsadida qalbaki hujjatlarni taqdim etish va daromad solig‘i hajmini kamaytirish orqali, agar bunda JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyat belgilari mavjud bo‘lmasa va boshqalar. Shuni nazarda tutish lozimki, tahlil qilinayotgan jinoyatni sodir etishda faqat soxta hujjat (uning qalbakilashtirilgani emas) taqdim etilgan bo‘lishi lozim (u aldash vositasi va ushbu jinoyatning belgisi hisoblanadi), shuning uchun aybdor o‘zi tomonidan tayyorlangan qalbaki hujjatlarni taqdim etish orqali aldasa, uning harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha JK 170-moddasi va 228-moddasi birinchi qismlari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Tahlil etilayotgan jinoyat moddiy tarkibli hisoblanadi va mulkdorga yoki mulk egasiga ancha miqdorda zarar yetkazilgan paytdan e’tiboran tugallangan deb hisoblanadi.
Bu holatda shuni ta’kidlash lozimki, «moddiy zarar yetkazish» baholovchi tushuncha hisoblanadi. Tergovchi, surishtiruvchi, shuningdek, sudya har bir aniq holatda zarar miqdori va hajmini hal qilishi lozim.
Ancha miqdordagi zarar deganda, eng kam oylik ish haqining o‘ttiz barobaridan yuz barobarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar tushuniladi. Agar eng kam oylik ish haqining o‘ttiz barobaridan kam bo‘lgan miqdorda zarar yetkazilsa, JK 170-moddasida javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi.
Subyektiv tomondan jinoyat bila turib, to‘g‘ri qasd bilan g‘araz maqsadda sodir etiladi. Aybdor yolg‘on xabar berayotib yoki mavjud dalillarni yashirayotib mulkdorni yoxud mulkning qonuniy egasini aldayotganligini tushunib yetadi va ushbu harakati orqali jabrlanuvchiga mulkiy zarar yetkazilishini ko‘ra biladi hamda ushbu zararni yetkazishni xohlaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan jinoyat subyekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Mansabdor shaxs mazkur jinoyatni sodir etganligi uchun boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Mansabdor shaxslar o‘z xizmat mavqeidan foydalanib jinoiy harakatlar sodir etganlarida, ularning qilmishlari xizmat mavqeini suiiste’mol qilish yoki pora olish deb kvalifikatsiya qilinadi.
JK 170-moddasi 2-qismida:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) moddiy javobgar shaxs tomonidan;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazganlik uchun javobgarlik belgilangan.
JK 170-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya qilish belgilari yuqorida ko‘rib chiqilgan
JK 170-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun maxsus subyekt — moddiy javobgar shaxsning mavjudligi zaruriy belgidir.
Mulk ishonib topshirilgan yoki shartnoma, bitim, topshiriqqa muvofiq yoki faoliyati turiga ko‘ra mulkdorning jamg‘armasi uchun pul mablag‘larini yig‘ish topshirilgan shaxs moddiy javobgar shaxs deyiladi.
Ko‘p miqdordagi zarar deganda, eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan uch yuz barobarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar tushuniladi.
XULOSA
Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik masalasida «Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat pro-sessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisi-da»gi OʻzR qonuni (2001-y. 18 okt.)ga asosan koʻproq iqtisodiy taʼsir choralarini qoʻllash nazarda tutilgan. Mazkur qonunda ozodlikdan mahrum qilish jazosi oʻrniga koʻproq jarima jazosini qoʻllash belgilangan. Bundan tashqari, Iqtisodiy jinoyatlarga jazo tayinlashda ja-zoni ogʻirlashtiruvchi holatlarga alohida eʼtibor berilgan. Shuningdek, yetkazilgan zararning va undan kelib chiqqan oqibatning xususiyati ham hisobga olinishi qayd etilgan. Yuqoridagi qonunga binoan, JKga jabrla-nuvchi b-n yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi 66-modda kiritildi. Ushbu moddaga Iqtisodiy jinoyatlardan bir nechtasi kiritilgan boʻlib, unga koʻra shaxs ushbu turdagi qilmishlarni 1-marta sodir etgan, oʻz aybiga iqror boʻlgan, yetkazilgan zararni qoplagan va jabrlanuvchi bilan yarashgan boʻlsa, jinoiy jazodan ozod qilinishi nazarda tutilgan.



Yüklə 59,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə