Hujayra biologiyasi I. A. AbduIov X. U. X albekova


M ito x o n d r iy a v a z ifa la r i



Yüklə 5,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/113
tarix28.11.2023
ölçüsü5,62 Mb.
#132921
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
Hujayra biologiyasi. Abdulov A.I. Xalbekova X.U.

M ito x o n d r iy a v a z ifa la r i
Mitoxondriyalami asosiy vazifasi organik substratiarning oksid- 
lanishi va ADF ning fosforlanishi orqali ATF sintezlash. Bu jarayonlar 
uchun boshlang‘ich substrat bo‘lib uglevodlar, yog‘ kislotalar va ami- 
nokislotalar xizmat qiladi. Uglevodlar oksidlanishining boshlang‘ich 
etaplari gialoplazmada kislorod ishtirokisiz o‘tganligi uchun anaerob 
oksidlanish yoki glikoliz deyiladi. Glikolizning asosiy substrati glyu- 
kozadir. Tirik hujayrada glyukozaning oksidlanishi bosqichma- bosq- 
ich borib, bu jarayonni bir qancha oksidlanish fermentlari amalga 
oshiradi va uning natijasida ATF molekulasidagi makroergik bog‘lar 
hosil boTadi. Birinchi bosqichda glyukoza triozagacha parchalanadi, 
bunda 2 molekula ATF sarflanib 4 molekula ATF sintezlanadi. An- 
aerobli parchalanish past energiya chiqimiga qaramay ko‘pgina tirik 
organizmlaming asosiy energiya manbai hisoblanadi. Masalan, mik- 
roorganizmlar, ichak parazitlari, shish hujayralari va mitoxondriya lari 
boTmaydigan sutemizuvchilarning eritrositlarida asosiy energiya 
manbai boTib glikoliz xizmat qiladi.
Keyingi bosqichda hosil bo‘lgan triozalar asosan pirouzum 
kislota mitoxondriyalarning o‘zida sodir boTadigan oksidlanishda 
ishtirok etadilar. Bunda hamma kimyoviy bogTar uzilib C 0 2 ajralib 
0 2 sarflanadi, ajralgan energiya mitoxondriyalarda ATF ko4rinishida 
to‘planadi.
Trikarbon kislotalar yoki Krebs siklida glikoliz mahsulotlarining 
to‘liq oksidlanishi va undan keyin fosforli oksidlanish siklida oksi­
dlanish natijasida ajralgan energiya maksimal ravishda ATF sintezi 
uchun sarfianadi 
[2] ( 50 bet).
Mitoxondriyalarning hosil boTishi
Fanda mitoxondriyalar hosil boTishining 3 xil farazi mavjud :
1. Mitoxondriyalar hujayrada gialoplazmadagi ultramikroskopik 
tuzilmalardan hosil bo‘ladi.
2. Hujayraning boshqa membranaii tuzilmalaridan hosil boTadi.
3. Mavjud mitoxondriyalarning boTinish yoTi orqali hosil boTadi.
Birinchi faraz o cz rivojini topmagani sababi shuki, mitoxondriya
tarkibiga kiruvchi ko‘pgina fermentlar sitoplazmada uchramaydi. Ik- 
kinchi faraz hujayrada hamma membranaii strukturalar o‘zaro bir - 
biri bilan bog‘liqligiga asoslangan boTib, uning negizida universal
202


elementar membrana gipotezasi yotadi. Lekin bu taxminlar ham bio- 
kimyoviy va morfologik dalillarga ega emas .
Uchinchi - mitoxondriyalar mavjud mitoxondriyaning bo‘linishi 
orqali ko‘payadi, degan g 4oyani birinchi marta 1893 yilda Altman 
o'rtaga tashlagan. Uzun mitoxondriyalaming bir hujayrali suvo‘tlarda 
fragmentatsiyasini (maydalanishini) kuzatgan.
Jigar hujayralarida mitoxondriyalaming o ‘rtasidan uzayib, in- 
gichkalashib bo4linishi kuzatilgan.
Achitqi zam burug4farda anaerob sharoitda sitoplazmasida promi- 
toxondrial tuzilmalar bo4lib, aerob muhitda ulam ig morfologiyasi 
o ‘zgarib mitoxondriya sifatida rivojlanadi. Promitoxondriyaning 
kelib chiqishi sitoplazmadagi mavjud mitoxondriya bilan bog4liq.
M itoxondriyalar oqsili sintezi tizimiga DNK, unda sintezlana- 
digan mitoxondrial RNK va ribosomalarga ega. M itoxondriyalam­
ing DNKsi siklik shaklga ega bo4 lib, bakteriyalaming DNK siga 
o ‘xshaydi va yadro DNK sidan nukleotidlaming ketma-ketligi bilan 
keskin farq qiladi. RNK ning hamma turi uchraydi.
M itoxondriyaning bunday avtonom sistemaga ega bo4lishi uning 
kelib chiqishining endosimbiotik nazariyasining yaratilishiga olib 
kelgan. Unga asosan mitoxondriyalar bakteriyalar tipidagi organizm 
bo4lib, eukariotlar bilan simbioz hosil qilgandirlar. Bu g 4oyani Alt­
man o ‘zining bioblastlar nazariyasida ilgari suradi. Taxmin qilinishi- 
cha, evolyutsiya jarayoni mobaynida anaerob oksidlanish jarayonlari 
evaziga yashovchi ho‘jayin hujayra ichiga oksidlanish fosforlanish 
fermentlariga ega prokariot simbiont kiritilgan. Uning natijasida mi­
toxondriyalar genetik materialining bir qismini y o‘qotib, avtonomlik 
xususiyatiga ega bo4lib qolganlar (L.Margulis). Lekin mitoxondriyan­
ing avtonomligi nisbiy hisoblanadi, chunki undagi ko4pgina oqsil- 
larinig sintezi yadro tomonidan genetic nazorat (control) qilinadi 
[2]
( 51 bet).

Yüklə 5,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə