Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə7/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari

3. Didaktik qobiliyat – o’quv materialini tushuntira olish, ta’lim oluvchi ongiga qiziqarli, aniq tarzda etkaza bilish, ilmiy izlanuvchanlik, fan va texnika yangiliklaridan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli foydalana olish qobiliyati. Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan pedagog o’z faoliyatiga ijodiy yondashadi, ta’lim oluvchida aqliy faollikni uyg’ota oladi.
4. Tushuntira olish qobiliyati o’quv materialini ta’lim oluvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, ularda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyatidir. O’qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib bo’ysunuvchilarga etkaza olishi darkor.
5. Muomala (kommunikativ) qobiliyati pedagog-ofitserning bo’ysunuvchilar, boshliqlar, turli toifadagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari, askarlarning ota-onalari, jamoatchilik vakillari bilan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan samarali o’zaro munosabatlar o’rnata olishida namoyon bo’ladi.
6. Kuzatuvchanlik qobiliyati ofitserning o’z bo’ysunuvchilari va atrofidagilarning ichki dunyosiga kira olish, ruhiy holatini, ichki kechinmalarini, ulardagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni seza olishida namoyon bo’ladi.
7. Nutq qobiliyati (nutq texnikasi) pedagogning nutq yordamida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifoda eta olish qobiliyatidir.
8. Obro’ orttira olish qobiliyati pedagog-ofitserning o’z bo’ysunuvchilari va xizmatdoshlarining ongiga, ruhiyatiga o’zining bilimi, amaliy faoliyati va xizmat burchiga mas’uliyatli munosabati, muomalasi, kundalik turmushdagi va oilasidagi ibratli xulqi orqali bevosita emostional-irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda o’zi haqida ijobiy fikr uyg’ota olishida namoyon bo’ladi.
9. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyatining rivojlanganligi pedagogga o’z faoliyatining, harakatlarining natijasini oldindan ko’ra bilish, rejalashtirish, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yo’llarini izlab, muvaffaqiyatga erishishga ishonch hissini uyg’otishga yordam beradi. Bu qobiliyatning rivojlanishida pedagogik optimizm muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə