Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari Reja


Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati



Yüklə 69,06 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü69,06 Kb.
#158441
1   2   3   4   5   6   7   8
Harbiy rahbar faoliyatida pedagogik oqibatlari

10. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati pedagogning diqqatning barcha xususiyatlarini, hajmi, kuchini idora qilish, safarbar eta olishidir.
11. Uqtira olish qobiliyati bilim olish, o’z xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan mas’uliyatsiz, ongsiz munosabatda bo’layotgan bo’ysunuvchiga tarbiyachi ofitserning o’zining qat’iy so’zi va irodasi yordamida tushuntirish, ta’sir etish qobiliyatidir.
Pedagogik qobiliyatlarning sanab o’tilgan turlaridan hech biri alohida katta imkoniyatga ega bo’la olmaydi, balki ular mantiqiy birlikda ofitserning pedagogik mahoratining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Ofitserning pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun pedagogdan doimiy ravishda o’zining bilimi hajmini va saviyasini oshirish, ilmiy izlanishlar olib borish, mamlakatimiz va jahon fani yangiliklari bilan tanishib borish, doimiy ravishda o’z ustida mustaqil ishlash talab qilinadi. Buning uchun keng imkoniyatlar mavjud. Malaka oshirish kurslarida o’qish, ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish, turli adabiyotlar ustida ishlash va boshqalar ana shunday imkoniyatlar jumlasiga kiradi.
Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish uchun pedagog ta’lim jarayonining xususiyatlarini, qonuniyatlarini chuqur bilishi, psixologik va pedagogik bilimlarni puxta egallashi lozim. Shuningdek, ilg’or pedagogik tajribani o’rganish, tajriba almashish, boy pedagogik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar o’tadigan mashg’ulotlarni kuzatish va o’zi ham ochiq mashg’ulotlar o’tib, ularning fikrini bilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishli choralar ko’rish kabi tadbirlar ham ofitserning pedagogik qobiliyatlarini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Inson, qaysi kasb egasi bo’lmasin, bilim olishdan to’xtab qolmasligi va charchamasligi darkor. Chunki fan bir joyda to’xtab turmaydi, u doimo harakatda bo’ladi, rivojlanib boradi. Boshqalarga ta’lim va tarbiya beruvchi shaxs esa har doim ana shu harakatning, rivojlanishning oldingi saflarida bo’lishi lozim. Pedagog o’z bo’ysunuvchilarini eskirib qolgan kechagi bilimlar bilan emas, balki ertangi kunga asos yaratadigan yangi bilimlar bilan qurollantirib borishi kerak.
Yüklə 69,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə