Harakatlar aksentuatsiyasi va uni meyorlashtirish usullari


Xarakter aksentuasiyasi -



Yüklə 21,03 Kb.
səhifə2/5
tarix29.11.2023
ölçüsü21,03 Kb.
#140663
1   2   3   4   5
Harakatlar aksentuatsiyasi va uni meyorlashtirish usullari

Xarakter aksentuasiyasi - bu me’yorning eng oxirgi varianti bulib, bunda xarakterning aloxida belgilari juda kuchayib ketadi. Buning natijasida ma’lum turdagi psixogen ta’sirlarga nisbatan «tanlovchi zaiflik» yuzaga chikadi. Boshkacha psixogen ta’sirlarga yaxshi va xatto yukori chidamlik saklanib koladi. Xarakter aksentuasiyasi me’yorining eng so’ngisiga qarab, xarakter aksentuasiyasining ikki darajasi ajratiladi: aniklik va yashirin (A.Ye.Lichko, L.A.Aleksandrov, 1973).
Anik aksentuasiya - me’yorning eng sunggi variantiga tegishli. U doimiy bo’lgan ma’lum bir xarakter tipi belgilarini aks etishi bilan ifodatanadi. Aksentuasiyaning bu darajasi o’smirning yakinlaridan to’plagan ma’lumot tengdoshlari orasidagi kuzatish. diagnostik so’roknoma aniklanadi. Ammo ma’lum tip belgilarining ifodalanganligi ijtimoiy adaptasiyaga tusik bo’la olmaydi. O’smir yosh davrida xarakter xususiyatlari utkirlashadi, karshiligi eng kam bulgan xususiyat sifatida yo’nalgan psixogen omillar ta’sirida adaptasiyaning vaktincha buzilishi xulk-atvorda «og’ishlar» bo’lishi mumkin. Lekin keyinchalik kompensasiya kilinib, odatda adaptasiyaga xalal bermaydi.
Yashirin aksentuasiya - bu me’yorning eng oxirgi varianta emas, balki me’yorning odatdagi variantiga tegishlidir. Odatdagi o’rganilgan sharoitda ma’lum bir xarakter tipi kuchsiz yoki umuman ifodalanmagan bo’ladi. Hatto uzok vakt davomida o’smir kuzatilganda xam har tomonlama o’zaro munosobatlarda xam uning tarjimayi holi bilan tanilganda xam xarakterning ma’lum tapini aytish kiyindir. Ammo ushbu tip oyelgilari «eng kam karshilik ko’rsatuvchi joyga» yukori talablar ko’yilgan vaziyat va ruxiy shikastlar ta’siri ostida kutilmaganda yorkin yuzaga chiqishi kuzatiladi. Bu ikki aksentuasiya darajasi turli omillar ta’sirida bir-biriga o’tib turishi mumkin: Bu omillar ichida oila tarbiyasining xususiyatlari. ijtimoiy muhit, kasbiy faoliyat. jismonan soglik muxim rol o’ynaydi.
A.Ye.Lichko 2 ta aksentuasiya tipini ajratadi. Bundan tashkari 14 aralash variantlarini ko’rsatadi. Har bir tipni aniklashda fakat xarakterologik xususiyatlar emas, balki klinik belgilar, jumladan nevropatiya, markaziy asab tizimining anorganik shikastlanishi, fazasi affektiv buzilishlari xam kuzatiladi. A.Ye.Lichko xam aksentuasiya xarakterning vaktincha o’zgarishi degan fikrda qoladi. Shu bilan birga ulardan ayrimlari psixik kasalliklarga utadi yoki butun umr saklanishini kayd etadi. Aksentuasiyaning kelib chikishida notugri tarbiyaning o’rni aloxida ta’kidlanadi. Xarakter aksentuasiyasi tiplari kuyidagilardan iborat:

Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə