Geog 1 (38-янги). p65



Yüklə 3,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/43
tarix04.02.2018
ölçüsü3,84 Kb.
#24117
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43

76
rakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm
dan katta (Atlas, 4 — 5- betlar). Shuning uchun ham bu „olovli
halqa“ da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon harakatlari tak-
rorlanib turadi.
Okean shelfida daryo va to‘lqin yotqiziqlari, organik jinslar,
okean tubida qizil gilli jinslar eng ko‘p tarqalgan.
Tinch okeanda mineral boyliklar juda ko‘p.
Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tu-
zilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam, 1,7 % maydonni egal-
laydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota, Sariq va Sharqiy Xitoy
dengizlarida mavjud. Materik yonbag‘irlari tik zinapoyalar hosil
qiladi. Okean tubi 62,6 % maydonni egallagan. Bu yerda tog‘
tizmalari, cho‘kmalar, tekisliklar, botiqlar ko‘p tarqalgan. (Ularni
xaritadan toping). Òinch okeanda minglab kilometr masofaga
cho‘zilib yotgan eng chuqur cho‘kmalar ham bor. Bular Mariana
(11 022 m), Òonga (10 882 m), Kermadek (10 047 m), Kuril-
Kamchatka (9 783 m), Filiðpin, Peru, Chili va boshqa cho‘kmalar.
Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta
botiqdan 25 tasi, chuqurligi 10 km dan ortiq bo‘lgan 5 ta bo-
tiqning barchasi shu okeanda  joylashgan.
Iqlimi.  Òinch okean eng issiq okean bo‘lib, yuzasidagi suv-
ning harorati ekvatordan ikkala qutb tomon kamayib boradi.
Ekvatorial mintaqalarda suv yuzasining harorati yil davomida
28 — 29 °C, Bering dengizida 2 — 7 °C, janubiy yarimsharning
o‘rta kengliklarida 12 — 15 °C atrofida o‘zgaradi.
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvator atrofida 3 000 mm
bo‘lsa, mo‘tadil kengliklarning g‘arbida 1 000 mm va sharqida
2 000 — 3 000 mm, subtropikning sharqida esa 100 — 200 mm
atrofida yog‘in yog‘adi. Okean suvining eng sho‘r qismi tro-
piklarga to‘g‘ri keladi (36 ‰). Eng chekka shimoliy va janubiy
qismlarida sho‘rlik ancha pasayadi (32 ‰).
Okeanning g‘arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli sha-
mollar — tayfunlar  (xitoycha „tay fin“ — katta shamol) esib
turadi. Tayfunlarning tezligi soatiga 30 — 50, ba’zan 100 km
gacha boradi va katta to‘lqinlarni yuzaga keltiradi.
Oqimlari. Tinch okean g‘arbdan sharqqa tomon uzoq ma-


77
sofaga cho‘zilganligi sababli unda geografik kenglik bo‘ylab
harakat qiladigan oqimlar ko‘p. Bu oqimlar okeanda issiq-
likning qayta taqsimlanishiga va quruqlik iqlimiga katta ta’sir
ko‘rsatadi.
Organik dunyosi. Òinch okean organizmlarning turli-tu-
manligiga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Dunyo okeanidagi tirik
organizmlarning yarmi shu okeanga to‘g‘ri keladi. Okeanning
shimoliy qismida losossimon baliqlarning 95 % i yashaydi. Bosh-
qa okeanlarga nisbatan hayvonlar turi 3 — 4 baravar ko‘p. Òri-
dakna nomli eng yirik molluskalarning og‘irligi 30 kg ga boradi.
Sovuq va mo‘tadil mintaqalarda, ayniqsa, janubiy kengliklarda
uzunligi 200 m bo‘lgan gigant suv o‘simliklari o‘sadi.
Òabiat mintaqalari. Òinch okeanda barcha tabiat mintaqalari
(shimoliy qutbiy mintaqadan tashqari) mavjud. Shimoldan
janubga tomon subarktika, mo‘tadil, subtropik, tropik, ekvato-
rial tabiat mintaqalari tarkib topgan. Ular janubiy yarimsharda
yana takrorlanadi.
Insonning xo‘jalik faoliyati. Okean sohillari va orollarida
o‘nlab mamlakatlar joylashgan bo‘lib, dunyo aholisining yarmi
shu joyda yashaydi. Insonlar qadimdan okean hayvonlaridan
oziq-ovqat mahsuloti tariqasida foydalanib kelganlar. Hozirgi
paytda Dunyo okeanida ovlanadigan baliqlarning yarmi Òinch
okeanga to‘g‘ri keladi. Òurli molluskalar,  qisqichbaqalar, kre-
vetkalar, krillar ham ko‘p ovlanadi.
Atama, tayanch tushuncha va nomlar
Òinch okean, Mariana, dengiz sayozligi — shelf, litosfera
plitasi, tayfun, J. Kuk, V. Balboa, J. I. Kusto.
Nazorat uchun savollar
1. Òinch okeanni birinchi bo‘lib yevropaliklardan kim ko‘r-
gan?
2. Òinch okeanda qanday oqimlar bor?
Amaliy topshiriqlar
1. Òinch okeanni yozuvsiz xaritaga tushiring.
2. Okean tubi relyefini daftaringizga chizing.


78
34- §. Okeaniya
Asosiy xususiyatlari. Okeaniya — Tinch okeanning bepoyon
suvli maydonlarida sochilib yotgan orollar dunyosi, suv tagidan
hisoblansa, harakatdagi eng baland vulqoni bor, zaharli ilonlari,
yirtqichlari va yirik sutemizuvchi hayvonlari yo‘q, yagona uch
ko‘zli kaltakesak shu yerda yashaydi, endemik organizmlari ko‘p,
quruqlikka nisbatan suvli muhit eng ko‘p (98 %) maydonni
egallaydi. Quruqlikning 90 % maydoni ikki orolga to‘g‘ri keladi.
Geografik o‘rni. Òinch okeanning markaziy va g‘arbiy qism-
larida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi.
O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2 % ni tashkil
etganligi uchun ham Okeaniya nomini olgan. Okeaniya o‘z
tarkibiga 7 mingdan ortiq orollarni birlashtiradi. Orollarning
umumiy maydoni atigi 1,3 mln kv km.
Okeaniya hududi tabiiy geografik va tarixiy-milliy farqlariga
asoslanib, uchta qismga, ya’ni to‘plam orollariga bo‘linadi.
1. Melaneziya (yunoncha, melos  — qora, nesos  — orol, ya’ni
qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha, kichik orollar). 3. Po-
lineziya (yunoncha, ko‘p orollar).
Melaneziya. Melaneziyaga Yangi Gvineya, Bismark, Luizia-
da arxiðelaglari, Solomon orollari, Santa-Krus, Yangi Gebrit
orollari, Yangi Kaledoniya, Fiji, shuningdek, bir qancha mayda
orollar kiradi. Bular, asosan, materik orollaridir.
Mikroneziya. Mikroneziyaga Valkano, Bonin, Miriana, Ka-
rolina, Marshall, Gilbert, Ellis arxiðelaglari, Nauru va Oshen
orollari kiradi. Bular ko‘proq marjon orollari hisoblanadi.
Polineziya. Polineziyaga Gavayi orollari, Layn, Finiks,
Tokelau, Samoa, Kuk, Taiti, Jamiyat, Tuamotu yoki Rossian
atollari (atoll — yarim yoy yoki yarim doira shaklidagi marjon
oroli), Markiz orollari va Pasxa oroli kiradi.
O‘rganilish tarixi. Okeaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar yevro-
paliklarga F. Magellan sayohatidan (1521- y.) keyin ma’lum


Yüklə 3,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə