Geoaxborot texnologiyalari nima? Ularning asosiy vazifalari nima?


Ma'lumotlar bazalarini boshqarish qanday amalga oshiriladi?



Yüklə 54,61 Kb.
səhifə10/48
tarix26.10.2023
ölçüsü54,61 Kb.
#131152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
geo yakuniy

Ma'lumotlar bazalarini boshqarish qanday amalga oshiriladi?

GISda ma’lumotlami saqlashdan tashqari, ulami tasvirlash va ta’riflash uchun ma’lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar xam mavjud. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qo’shish va xatoliklami tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni to’ldirish va karta bilan bog’lash imkonini ham beradi.


Istalgan GISda atributiv ma’lumotlar bazasiga murojaat etsa bo’ladi. Bu ish ikki usulda - SQL so’rov tili orqali yoki QBE namuna shakli bo’yicha. Barcha ob’ektlar va ulaming soddalashgan ko’rsatkichlari o’zining tartib raqamiga yoki kodiga ega bo’lishi kyerak. Ular yordamida grafik ma’lumotlarga tegishli mazmun byerilishi mumkin. Identifikatorlardan foydalanish kartografik tasvimi ko’rish va uni taxlil qilishda katta imkoniyatlar yaratadi. Foydalanuvchi ob’ektni ko’rsatsa, masalan, kursor bilan, unda dastur ob’ektning farqlovchisini o’zi aniqlaydi, ob’ektga tegishli bitta yoki bir nechta ma’lumotlar bazasini topadi va aksincha, dastur ma’lumotlar bazasiga ko’ra grafikli ob’ektning o’mini topishi mumkin


Geoaxborot texnologiyalari qanday qilib real obyektlarini GATlarda aks ettirilishi mumkin?

GAT ma’lumotlar bazasida axborotlar bilan bog’liq bir qancha operatsiyalar amalga oshiriladi. GAT – bu mutaxassis-tahlilchilar boshqaruvi ostida boʻlgan integrastiyalangan kompyuter tizimidir, u fazoviy oʻzaro bog’lanishi aniqlangan ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, manipulyastiya qilish, tahlil qilish, modellash va aks ettirish ishlarini amalga oshiradi. GPS qurilmasi orqali GATdasturlariga ma’lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, syomka qilingandan soʻng maxsus dasturlar yordamida GPS qurilmasining xotirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va bu ma’lumotlarni GAT dasturlariga joʻnatish yoki toʻgʻridan toʻgʻri maxsus GATning ichida joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Kartografiyada GATdan foydalanishda, ma’lumotlar bazasining relyatsion modelida ikki turkum ma’lumotlar saqlanadi – grafikli va atributli (mazmunli). Ma’lumotlarning grafikli bazasida kartaning grafikli yoki о‘lchamli asosi raqam kо‘rinishida saqlanadi. Ma’lumotlarning mazmunli bazasida esa kartaning mazmuni va kartaga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri kiritilishi mumkin bо‘lmagan fazoviy ma’lumotlarga tegishli qо‘shimcha axborotlar saqlanadi. Ularga obyektning sifati tavsifini ifodalovchi mintaqaning matni kiradi, ob’yekt atributlarini о‘z ichiga olgan jadval atributiv jadval deyiladi. Kartografik atributiv axborot - bu ob’yekt yoki hodisalarning miqdor va sifat jihatdan tavsifi haqidagi raqamli yoki matn – grafikli kо‘rinishidagi axborotlardir. Masalan, qishloq xо‘jalik ekinlarini ifodalaydigan atributlarni quyidagicha berish mumkin . Xuddi shunday qilib shaharlar bо‘yicha aholi soni, teatrlar, konsert zallari, avtomobil va aloqa yо‘llari uzunligi ma’lumotlarini jadvalda tо‘plash, rayonlar bо‘yicha esa uning umumiy maydoni, yerlardan foydalanuvchilar soni, korxona xodimlarining ismi-sharifi, jinsi, yoshi, ish staji, oylik maoshi va h.k. haqidagi ma’lumotlarni saqlash uchun atributiv jadvallar ishlatiladi. GATda ma’lumotlarni saqlashdan tashqari, ularni tasvirlash va ta’riflash uchun ma’lumotlar bazasini boshqaradigan maxsus tizimli dasturlar ham mavjud. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanish jarayonida axborotlarni qidirish, tanlash, bir-biriga qо‘shish va xatoliklarni tuzatish ishlarini bajarish mumkin. Bu modul yangi atributiv jadvallar tuzish, ularni tо‘ldirish va karta bilan bog‘lash imkonini ham beradi





Yüklə 54,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə