Gaplarning xususiyatlari rejasi: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/4
tarix15.06.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#117468
  1   2   3   4
GAPLARNING XUSUSIYATLARI


ё

GAPLARNING XUSUSIYATLARI
REJASI:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM

      1. Gaplarning turlari

      2. Gapda so'z tartibi

      3. Abzasning xususiyatlari

III.XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Annotatsiya:Ushbu maqolada gap,uning tuzilishi va mazmuniy xususiyatlari haqida so'z boradi.Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va tinglovchi bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab. Gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga (darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor.
Kalit so'zlar:gap,semantik ma'no,mazmun,akseptik,struktura,gap mazmuniy xususiyatlari.
KIRISH
Hozirgi kunda semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e’tirof etilsa ham, ammo sintaktik semantika maqomi masalasida bir xillik yo’q.N. Y. Shvedovning fikricha, sintaktik semantikaning asosiy vazifasi shakliy- sintaktik modellarning xususiy ma’nolarini aniqlashdan iborat bo’lishi kerak. Bunga ko’ra, gap tuzilishi sxemasining umumlashtirilgan ma’nosi va ularning o’rtasidagi munosabat gap sintaktik tuzilishining asosi bo’lib xizmat qiladi. N. Y. Shvedovaning konsefsiyasiga muvofiq, gapning mazmuniy tuzilishi deganda, tipiklantirilgan ma’no elementlarning mavhimlashgan holda til sistemasida aks etgan mazmuni tushuniladi. U gap mazmuni ekstralistik omillarsiz sof til materiallariga tayangan holda o’rganishga harakat qiladi. Tilning har qanday sath birliklari, jumladan, gapning tuzilish sxemalari ham undagi kategoriya konkret ma’nolar munosabatidan xosil bo’lgan mazmuniy o’ziga xoslikka ega bo’ladi. Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari asosan normativ minimumi uzvlarining leksik ma’nolariga sasoslanadilar. Bunga muvofiq gapning mazmuniy tuzilishi, tuzilish sxemalar chegarasida emas, balki undan tashqarida ajratiladi. Tuzilish sxema va mazmuniy tuzilishlar bir-birini kesishmaydigan paralel qatorlarga teriladi. Bunday qarash. O. I. Maskalskaya ishlarida namoyon bo’ladi.Shunday qilib har qanday gapning mazmuniy tuzilishi murakkab, ko’p qirrali harakterga ega bo’lib, unda eng kamida uch uzv: 1)propozitiv, 2)modal, 3)komunikativ uzvlar ishtirok etadi. Gapning mazmuniy tuzilishini tashkil etgan yuqoridagi uzvlardan eng asosiy ob’ektiv birlikdagi ayrim vaziyat yoki voqealarni aks etiruvchi propozitiv tuzilishidir.Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so‘zlovchi va tinglovchi bir xil tushunadi. So‘zlovchining so‘zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab. Gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo‘ladi. Masalan, so‘rashni bildiradigan gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so‘roq gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri.10 Demak. gap qurilishining so‘zlovchi tomonidan ko‘zda tutilgan maqsadga (darak, so‘roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin, birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo‘llanishi ham mumkin (masalan, so‘roq gapning muayyan o‘rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo‘llanishi), ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim gapirdi? gapi ishlatilish o‘rniga, intonatsiyaga qarab, “Gapirgan odam kim?” mazmuniga ham, “Hech kim gapirgani yo‘q-ku” mazmunida ham qo‘llana oladi.Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqadi: gap shakliy - grammatika intonatsion jihatlaridan ham, mundarija jihatidan ham tugallikka ega. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir. Gap nutq ichida yashaydi.1 Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish orqali yana ham oydinlashadi.Predikativlik gapning grammatik ma’nosi. U gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir. Predikativlik shaxs (son), zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig‘indisidan iborat. Grammatik ma’noga va uni ifodalovchi shakllar tizimiga ega bo‘lgan har qanday eng kichik sintaktik birlik gap hisoblanadi.Sintaktik qurilmaning o‘zgaruvchan unsurlari orqali ifodalanadigan, modusga kiruvchi ma’no sintaktik qurilmaning grammatik ma’nosi, ana shu ma’nolar va uni ifodalovchi shakllar tizimi gapning grammatik kategoriyalari sanaladi.Gapning grammatik kategoriyalari ham grammatik ma’no (so‘roq, buyruq, darak, inkor va boshqa) va grammatik shakl birligidan iborat. Predikativlik bir butunlik sifatida bir necha uzvlardan tashkil topadi va bu uzvlarning har qaysisi, o‘z navbatida, kichik kategoriyalarni hosil qiladi.

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə