Gaplarning xususiyatlari rejasi: I. Kirish II. Asosiy qism


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə4/4
tarix15.06.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#117468
1   2   3   4
GAPLARNING XUSUSIYATLARI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1- mashq. Quyidagi abzasni tahlil qiling.
“Ko‘chmas mulk egaligini rag‘batlantirish kerakmi?” deb nomlangan essening kirish qismidan olingan.
Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil. Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%. AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%. Bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor. Bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
2 - mashq. Quyida berilgan zaruriy qismlami tartib bilan joylashtirib, ular asosida so'rov xati namunasini yarating.
Bu qurilma bizni juda qiziqtirdi. universitetimiz yosh olimlari tomonidan yaratilgan oqova suvlami tozalash qurilmasi. «Ekolot» xalqaro jamg'armasi raisi A. Maqsudov. Bu haqda «Ma’rifat» gazetasida xabar chop etildi. Shu sababli Sizdan ushbu qurilmaning texnik tavsifi, yo‘riqnomasi va modelini yuborishingizni so‘raymiz. Iqtisodiyot litseyi direktori M.Saidovga.
3 - mashq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar asosida matn yarating.
K im? xabar yetkazadi.
Kimga?
Kim? qabul qiladi.
Kimdan?
Qachon? yig‘ilish bo‘ladi (o‘tkaziladi).
Nima?
Kim? qatnashishi (tayyorgarlik ko‘rishi) shart.
Nima uchun?
XULOSA
Gapning asosiy belgisi, gap mazmunining eng muhim qismidir. Modallik ostida gapning sub’ekt bilan bog‘lik bo‘lgan turli ma’nolari tushuniladi. Shunga ko‘ra, bu ma’nolarni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) ob’ektiv va 2) sub’ektiv modallik.12 Ob’ektiv modallik bilish akti yo‘naltirilgan ma’lum bir vaziyatdagi mavjud ob’ektiv aloqalar xarakterini aks ettiradi (mumkinlik, haqiqiylik, zaruriylik). Sub’ektiv modallik gapda ifodalangan ob’ektiv mazmunga so‘zlovchining munosabaptini ifodalaydi va modusga kiradi. Sub’ektiv modallik kirish so‘z vazifasida kelgan maxsus modal so‘z yoki modal vazifasidagi boshqa so‘zlar yordamida ifodalanadi. Sub’ektiv modallik orqali, o‘z navbatida, so‘zlovchining o‘z fikriga turli munosabatlari namoyon bo‘ladi: ishonch, tasdiq, gumon, achinish va boshqalar. Obe’ktiv modallik gapni shakllantiruvchi zaruriy belgilardan biri hisoblansa, sub’ektiv modallik ob’ektiv modallik ustiga qo‘yiluvchi qo‘shimcha modallikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

    1. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. — Т.: „O'qituvchi41, 1992.

    2. A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. — Т.: 2003.

    3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.


1 A. Rafiyev. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. — Т.: 2003.


2 A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. — Т.: „O'qituvchi41, 1992.



Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə