So'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosqichlarida órganilishi mundarija: Kirish i-bob



Yüklə 104,48 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü104,48 Kb.
#167345
  1   2   3   4   5   6
So\'roq gaplarning shakliy-mazmuniy tuzilishi va uning talim bosq



SO'ROQ GAPLARNING SHAKLIY-MAZMUNIY TUZILISHI VA UNING TALIM BOSQICHLARIDA ÓRGANILISHI
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I-bob. So‘roq gaplarning kommunikativ turlari……………………………………5
1.1. Gaplar haqida umumiy ma’lumot…………………………………………….5
1.2. So’roq gaplarning xususiyatlari……………………………………………...12
II-bob. So’roq gaplarning semantik-sintaktik tahlili………………………….15
2.1. Olmoshli so‘roq gaplarning vazifalari va ularning turlari…………………….15
2.2. Ritorik va Sof so‘roq gaplar…………………………………………………..20
Xulosa………………………………………………………………………….…31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………33

Kirish
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarni egallashi, ayni paytda chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, dunyoda ro‘y berayotgan barcha voqea-hodisalar, yangilik va o‘zgarishlardan atroflicha xabardor bo‘lish, jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashiga katta ahamiyat berilmoqda.
Bu kabi vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishda asosiy vositalardan biri hisoblangan xorijiy tillarni ta’limning barcha bosqichlarida o‘rgatishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan va texnikaning rivojlanishi yosh avlodning yangicha ijtimoiy munosabatlarga kirishish malakalarini o‘zlashtirishi, ta’lim olish va mehnat faoliyatini zamonaviy talablarga mos holda tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan axborotlarni olish va ulardan foydalanish bir necha xorijiy tillarni mukammal bilishni taqozo etadi. Bundan tashqari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xalqaro miqyosidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalarda xorijiy tillar, ayniqsa ingliz tili asosiy muloqot vositasi vazifasini bajarmoqda.
. Darhaqiqat, mamlakatimizda xalqimiz ma’naviy rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, tilshunoslik fani ham shu maqsad uchun xizmat qilmog‘i darkor. Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlagan milliy tilshunosligimiz hozirgi paytda, jahon tilshunosligiga xos bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirgan holda tilning inson ijtimoiy faoliyatida tutgan o‘rnini aniqlash, uning kommunikativ mohiyatini hamda antropotsentrik xususiyatlarini tadqiq qilish yo‘lidan bormoqda. Shu jumladan, zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan kommunikativ lingvistika til birliklaridan nutqiy faoliyat vositasi sifatida foydalanish qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlash hamda lisoniy hodisalarning real muloqot sharoitlarida voqelanishi bilan bog‘liq xususiyatlarini belgilash maqsadini ko‘zlaydi.
Bir tomondan , til tizimi va uning asosiy birligi bo‘lgan gap hodisasining kommunikativ xususiyatlari tahliliga alohida e’tibor qaratilishi belgilansa, ikkinchi tomondan, semantik- strukturaga ega bo‘lgan so‘roq gaplarning maqomi masalasi batafsil tavsifsiz qolib kelayotganligi bilan izohlanadi. Shu turdagi so‘roq gaplarining struktur-semantik hamda kommunikativ xususiyatlarining tadqiqi, so‘zsiz, sintaksis sathida shakl va mazmun munosabatini aniqlashtirishga, gap lisoniy xususiyatlarining uning nutqiy akt muhitida voqelanadigan mazmun doirasidagi o‘rnini belgilashga va nihoyat, ushbu gaplarning kommunikatsiya jarayonida bajaradigan vazifalari ko‘lamini chegaralashga imkon yaratadi.
Til tizimining turli sathlariga oid birliklarning nutqiy muloqot muhitlarida faollashuvini o‘rganish formal , semantik-struktur ko‘rsatkichlar munosabati , o‘zaro bog‘liqligi tadqiqini taqoza etadi. Formal-sintaktik tadqiqning predmeti gap tuzilishi bo‘lsa, sitaktik semantika asosiy e’tiborni gapda ifodalanayotgan ma’noning tarkib topishi va ushbu ma’noning voqelikdagi predmet- hodisalar bilan munosabatini aniqlashga qaratadi. Gap kommunikativ turlari doirasida so‘roq gaplar o‘ziga xos formal – sintaktik tuzilishi va semantik xususiyatlari bilan alohida hududni egallaydilar.
So‘roq gaplarining asosiy qismi ma’lum ko‘rinishdagi struktur modellar negizida erkin tarkibda topadigan tuzilmalardir.


Yüklə 104,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə