Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix08.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#108986
1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya

Rivojlanishning
uzluksizligi. 
O’sish va rivojlanish jarayonlari uzluksiz sodir 
bo’lishi aniqlangan va u organizmning o’zgarishlarida, ya’ni uning aniqlanishida, 
yangi hujayralarning paydo bo’lishida, funksiyalarning va faoliyat turlarining 
murakkablashishida hamda takomillashishida namoyon bo’ladi. Yurishning 
boshlanishi va motorikaning keyingi rivojlanishi, birinchi so’zlar va nutq 
funkisiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog’atga yetish davrida bolani 
o’spiringa aylanishi, markaziy asab tizimini va birinchi galda bosh miya po’stlog’ini 
uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatini murakkablashuvi-rivojlanishning 
bu bosqichlari organizmdagi ko’p qirrali va turli xildagi uzluksiz o’zgarishlarning 
bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to’qimalarning rivojlanishi 
va ularning funksional jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. 
Uzluksiz rivojlanish qarilik chog’ida ham kuzatiladi va u involyutsion tavsifga ega. 
Qarilik chog’ida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar juda murakkab va ushbu 
muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o’ziga jalb qilganligiga qaramasdan hali 
yetarlicha o’rganilgani yo’q. 
Rivojlanishning
individualligini
bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko’rish 
mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqaga qolishi bo’lsa, boshqa 
hollarda shaxsning nisbatan tez o’sib ketishi sabab bo’ladi. Birinchi holda bu 
xususiyatning ustunligi kichik maktab bolalariga xos bo’lsa, boshqa holatda 
o’qituvchining dars berish mahoratiga ham bog’liqdir. Ikkinchi holatda o’quvchi o’z 
sinfdoshlaridan o’zib ketgan holda, u mustaqil bo’lshga va o’zbilarmonlikka berilib 
o’qituvchiga ham bo’ysunmay qoladi. Shuning uchun ham bolalarni nisbatan o’zib 
ketishiga nisbiy munosabatda bo’lish kerak. Bolalarni individual o’sish va 
rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish 
mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy 


qobiliyatiga va atrof- muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Ularning aqliy va psixologik 
rivojlanishi bolalarni o’rab turgan muhitga va o’quv- tarbiyaviy ishlarga ham 
bog’liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bollarni nisbatan bir necha yil bir xil 
sharoitda yashashi ularning shaxsiy o’sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga 
kichik maktab yoshidagi bolalar o’rtasida o’ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. 
Bularni vunderkindlar ( nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko’pgina atoqli 
kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo’lganliklari bizga 
ma’lum. 
Jumladan
, buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy 
va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16 – 17 
yoshidanoq mashhur tabib hakim bo’lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi 
deb italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon 
universiteti talabasi bo’lgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Fransiya 
Akademiyasining rag’batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol 
qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi davrda bunday bolalarga 
katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə