Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix08.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#108986
  1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya



Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism
undagi a’zolar, to’qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining 
funksiyalarini tashqi muhitga bog’lab, har tomonlama chuqur o’rganadi. 
Fiziologiya so’zi grekcha so’z bo’lib, “tabiat” va “bilim” degan ma’noni anglatadi. 
Fiziologiya anatomiya fani bilan chambarchas bog’liqdir, chunki anatomiya 
a’zolarning tuzilishini ularning vazifasiga bog’liq holda shakllanib borishini 
o’rgansa, fiziologiya fani organlar va organism hayoti jarayonlarini o’rganish bilan 
shug’ullanadi. 
Fiziologiya fani hamisha fizika, kimyo qonunlariga tayanadi, organism va har bir 
hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir bo’ladi. Fiziologiya ko’p 
tarmoqli fan bo’lib, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish 
fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa sohalarni o’z ichiga oladi. 
Yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar 
tizimi va butun organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni o’ziga xos yosh 
xususiyatlarini o’rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq 
qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo’lmay, balki hajmi, 
fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va 
o’smirlar fiziologiyasining asosiy o’rganadigan ob’ekti bolalardir. 
Binobarin, pedagoglar ta’lim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi ma’lumotlariga 
asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsiy va kasb- 
hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy- foydali mehnatda, 
sog’lomlashtirish ishlarida bolalar va o’smirlarning anatomo- fiziologik 
xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. 
O’sib, rivojlanib kelayotgan organism salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini 
baholash, sog’lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi 
yutuqlariga bog’liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga 
egadir. 
Gigiyena fani grekcha so’z bo’lib, foydali degan ma’noni dildiradi. U tashqi muhit 
omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va xokazo) inson salomatligiga ta’sirini 
o’rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni 


sog’lomlashtirish, inson sog’ligini mustahkamlashning me’yor va 
qoidalarini ishlab 
chiqadigan
, ayniqsa yuqumli kasalliklarning oldini oladigan, ishlash qobiliyatini 
oshiradigan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir. Gigiyena inson 
bilan atrof muhitning uzviyligini ta’minlaydi. Muhit sog’lom bo’lmay turib, tan- 
sog’liqni ta’minlash qiyin. Shu ma’noda gigiyena tabiiy ijtimoiy muhit- borliqning 
odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham o’rganadi, tavsiyalar beradi. 
Buyuk fiziolog olim I.P.Pavlov: “Zamonaviy tibbiyot kasalliklarning hamma 
sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotga, ya’ni keng ma’nodagi gigiyenaga 
aylanadi” deb bejiz aytmagan. Gigiyena fani quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
1.
bolalar va o’smirlar gigiyenasi; 
2.
kommunal gigiyena; 
3.
ovqatlanish gigiyenasi; 
4.
mehnat gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi. 
Maktab gigiyenasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muhit o’rtasidagi 
qonuniyatlarni o’rganadi. Ularni to’g’ri o’sib rivojlanishi uchun zarur gigiyena 
asoslarini ishlab chiqadi . 
Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi-bola aqliy mexnat qobilyatning funksional 
imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, 
asab va boshqa turli kasalliklarning 0oldini olish uchun chora tadbirlar ishlab 
chiqishdan iborat. Shuningdek bolalar muassalarida-sanitariya –gigiyena xolatini 
yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoning giginik asoslari, maktablarni to’g’ri ko’rish va 
obodonlashtirish va shunday boshqa masalalar bilan shug’illanadi . 
Sanitariya- odam salomatligini taminlaydigan gigiyena talablarini xayotga tadbiq 
etadi. Sanitariya so’zi gigiyenik malumotlarini amaliyotda tadbiq qilish ma’nosini 
bildiradi. Giogiyena fanida tibbiy ekisperiment usuli asosiy usul bo’lib , u 


organizmga tashqi muhitning har tomonlama tasirini o’rganadi. Tabbiy gigiyenik 
eksperiment usullarida bola uchun tabbiy yashash sharoitda: (dars soatlari, jismoniy 
mashqlar va boshqalar ) organizmbilan tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liq, 
tabbiy omillarning bola organizmiga tasirini kuzatib shu yoshdagi bolalarga, uning 
antomo- fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi. 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi gigiyena fani sohalaridan biri bo’lib, tashqi 
muhit 
omillarining bola organizmiga
, uning hayot faoliyati, ta’lim tarbiyasiga 
ta’sirini o’rganadi va o’sayotgan avlodning sog’lig’ini mustahkamlash hamda 
jismoniy va ma’naviy jihatdan bekamuko’st rivojlanishi uchun zarur bo’lgan chora- 
tadbirlarni ishlab chiqadi. 
Ish jarayonida bolalar va o’smirlar gigiyenasi, umumiy gigiyena, mikrobiologiya, 
epidimiologiya, fiziologiya, biokimyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga 
tayanadi. Bu fan 1954- yilda mustaqil fan sifatida umumiy gigiyena tarkibidan 
ajralib chiqgan. 
O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng o’zining asosiy masalalaridan biri deb 
sog’lom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. “Sog’lom avlodni tarbiyalash- buyuk 
davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurishdir”, deydi prezidentimiz 
I.A.Karimov. 
Shu munosabat bilan 29 aprel 1993- yilda “Sog’lom avlod” jamg’armasi tuzildi. 3- 
dekabr 1993- yilda Vazirlar maxkamasining 589- qarori bilan o’sib kelayotgan 
avlodni sog’lomlashtirish chora- tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul qilindi. 
Bu dasturning asosiy yo’nalishi qo’yidagilardan iborat: 
1.
Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi; 
2.
Har bir xalq ma’orifi xodimi ta’lim- tarbiyaning gigiyenik me’yorlarini 
bilishlari; 
3.
Sog’lom turmush tarzini shakllantirish; 


4.
Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish; 
5.
“Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish; 
Mamlakatimizning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni bo’lib, u 4- mart 
1999- yil ta’sis qilingan. 
Yosh fiziologiyasining vazifasi o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, 
bir butun organism, uning tizimlari, organlari, to’qimalari va hujayralarini ishlahs 
xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlashdir. O’sib rivojlanib 
kelayotgan bola 
organizmining turli davrlarida
, har xil organ va tizimlarning 
faoliyati bir qator o’ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə