Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism


Yosh fiziologiya va gigiyena fanining ahamiyati



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix08.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#108986
1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya

Yosh fiziologiya va gigiyena fanining ahamiyati.
Inson sog’ligini muxofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko’tarish haqida g’amxo’rlik 
qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda
jumladan 
kasalliklarning oldini olish
, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish tibbiyot 
xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch bo’lib xizmat qiladilar. 
Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o’sib rivojlanib kelayotgan 
avlodning turli davrlardagi o’zgarishlarini , tashqi muhit sharoitlarining bola 
organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina o’quv- tarbiya 
jarayonini to’g’ri tashkil eta oladi. 
O’qituvchi bolalar va o’smirlarning anatomik- fiziologik xususiyatlarini o’rganar 
ekan ayrim tizim va organlarning (suyak, muskul, nafas olish, qon aylanishi, nerv 
sistemasi, sezgi organlari, oshqozon- ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv 
organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ular faoliyatlari gigiyenasi bilan tanishadi. 
Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o’quv 
yuklamalarni bolalarning yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining 
o’ziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. Organizmdagi har bir 
sistemaning fiziologiya va gigiyenasini aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: 


suyak- muskul sistemasini gigiyenasi- harakat rejimini, partada to’g’ri o’tirish, 
ishlash jarayonida gavdani to’g’ri tutish, yozayotganda qo’l barmoqlarini 
ishlatilishini me’yorga solish va xokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarini yo’lga 
qo’yish ularga rioya qilish, o’sib rivojlanib kelatotgan bolalarni salomatligini 
mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon 
beradi. 
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga 
rivojlanayotgan organizm organ va sistemalarning o’ziga xos xususiyatlari, uning 
tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni 
oldini olish yo’llarini o’rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə