Etiologiyasi aniq bo‘lmagan baliq kasalliklari shirinova Mashhura Doniyor qizi Sobirova Iroda Xalilla qizi Ermatova Umida Mirzoxid qizi



Yüklə 37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#156232
1   2   3   4   5
etiologiyasi-aniq-bo-lmagan-baliq-kasalliklari

Epizootologik ma’lumotlar
. Kasallikka ko‘proq 2 yoshdagi baliqlar moyil. Yosh va bir 
yoshdagilari esa odatda kasallanmaydi. Kasallik yoz va kuzda namoyon bo‘ladi. Kuzda, 
baliqlarni ovlash mavsumida kasal baliqlar soni ortadi, qishda esa bu ko‘rsatkich bir xil holatda 
(darajada) saqlanib qoladi, bahorga kelib esa nosog‘lom xo‘jaliklardagi sog‘lom baliqlar orasida 
kasal baliqlar ortib boradi, baliqlarning o‘lishi kamdan kam holatlarda kuzatiladi. Kasallikning 
tabiiy kechishi, agarda hech qanday zaruriy chora ko‘rilmasa, yildan yilga og‘irlashib boradi. 
Bunda suv havzalarining antisanitariya holati ham (ifloslanishi, begona o‘tlarning ko‘payib 
ketishi, gullashi), suv oqishining pasayishi, seleksiya ishlarini yetarli darajada olib bormaslik, 
naslli baliqlarni tanlash, oziqaning yetarli miqdorda va balanslanmaganligi kabi omillarga ham 
bog‘liqdir. Kasallik manbayi — bu kasal baliqlar hisoblanadi. Kasallik nosog‘lom xo‘jaliklardan 
sog‘lom xo‘jaliklarda baliqlarni tashish jarayonida tarqaladi. 
Profilaktika choralari.
Eng avval hovuz melioratsiyasiga e’tibor berish lozim. Hovuzni 
yuksak suv o‘simliklaridan tozalash, suv havzasi tubini tozalash, hovuzlarga dam berish 
(letovanie), ohaklashtirishni, baliqlarni to‘la qimmatli ozuqa bilan boqish, asosiy zotlarni ayirib 
olish va chiqarib tashlash. 
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA 
Baliqlar pufaklarining kasalliklari.
Bu kasallik qo‘zg‘atuvchisi baliq parazitlari 
hisoblanadi. Ammo kasallik etiologiyasi aniqlanmagan. Tashqi belgilari quyidagicha: suzgich 
pufagi shakli patologik jihatdan o‘zgaradi. Suzgich pufagining orqa qismi kichrayadi (ba’zi bir 
sabablarga ko‘ra yo‘qoladi) yoki suzgich pufagining oldingi qismi kengayadi yoki ba’zan orqa 
qismi kengayadi. Suzgich pufagining markaziy qismi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi va ba’zan 
yoriladi. Natijada baliqning normal fiziologik holati buziladi. Kislorodga bo‘lgan talabi oshadi. 
ROE (eritrotsitlarning cho‘kish tezligi) ko‘rsatgichi kattalashadi. Bu kasallik eng avval yosh 
baliqlarni ishdan chiqaradi, ayniqsa karp, karas va bularning gibridlariga katta ziyon yetkazadi. 
Ko‘pincha, baliqlar 100% nobud bo‘ladi. Surunkali (xronik) kasallikda baliqlarni 20-30% nobud 
bo‘ladi. Kasal bo‘lib sog‘aygan baliqlarda immunitet hosil bo‘ladi. 

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə