Etiologiyasi aniq bo‘lmagan baliq kasalliklari shirinova Mashhura Doniyor qizi Sobirova Iroda Xalilla qizi Ermatova Umida Mirzoxid qizi


KIRISH  Baliqlarning jabra kasalliklari



Yüklə 37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#156232
1   2   3   4   5
etiologiyasi-aniq-bo-lmagan-baliq-kasalliklari

KIRISH 
Baliqlarning jabra kasalliklari.
Baliqlarning jabra kasalliklari branxinekroz deyiladi. 
Bu kasallik asosan karpsimonlarda uchraganligi qayd qilingan. Kasallangan jabra oqaradi
so‘ngra 
titilib 
ketadi. 
Baliq 
kuchli 
zararlangan 
bo‘lsa, 
nafas 
ololmaydi 
va o‘ladi. Chunki, jabra apparati buziladi va baliq bo‘g‘iladi, kislorod yetishmaydi.
Bu kasallik suv havzasi organik ifloslangan suvliklarda keng uchraydi. Hovuz baliqchilik 
xo‘jaligida o‘tkazgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, baliq-o‘rdak hovuzlarida yeyilmay qolgan 
ozuqa, hayvonlarning ekskrementlarining ko‘payib ketishi, o‘rib olinmay qolgan suv o‘tlari kabi 
holatlar baliqlarning jabra kasalligining asosiy sabab bo‘ladi. 
Profilaktik choralar va qarshi kurash yo‘llari.
Asosiy chora bu suv havzasining 
sanitariya holatini yaxshilab, baliqlar va boshqa gidrobiontlar uchun qulay sharoit yaratishdan 
iborat. Demak, suv havzasini tozalash va dezinfektsiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, quritilgan 
chuqurliklarda yoki baliqlashgan joylarda xlorli ohak har bir gektariga 300 kg xisobida sepib 
chiqish tavsiya etiladi. Oradan uch kun o‘tishi bilan hovuzga suv quyish kerak. Butun suv tubini 
10-12 sm suv bosishi bilan yana oradan 2 sutka o‘tishi bilan «ohakli sut» ya’ni ohak suvi 
yuboriladi, so‘ngra toza suv yuborilib hovuz toza suv bilan yuboriladi. Agarda hovuz suvidagi 
xlor miqdori 0,02 mg/l dan oshmasa, unda to‘la ishonch hosil qilgandan so‘ng baliq qo‘yish 
tavsiya etiladi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
589 
METOD VA METODOLOGIYASI 
Ospa
(chechak kasalligi). Bu kasallik virus tabiatli kasallik bo‘lib, kasallik etiologiyasi 
to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q va aniq bayon qilinmagan. Baliqning terisida suzgichlari va 
hattoki ko‘zida o‘simtalar paydo bo‘ladi. Natijada epiteliy to‘qimasi o‘sadi. Suyak to‘qimasi 
yumshoq bo‘ladi. Bunday kasallik asosan suv o‘tlari bilan kuchli qoplangan, balchiqlashgan suv 
havzasida uchraydi. Ko‘pincha segoletkalar (bir yoshli baliqlar) va katta yoshdagi baliqlarda 
ham ko‘proq uchraydi. 
Etiologiyasi
— aniqlanmagan. Kasallikning yuqumli ekanligi tahmin qilinmoqda. 
Kasallik bir suv havzasidan ikkinchisiga baliqlar orqali o‘tish hollari ma’lum. 

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə