Etiologiyasi aniq bo‘lmagan baliq kasalliklari shirinova Mashhura Doniyor qizi Sobirova Iroda Xalilla qizi Ermatova Umida Mirzoxid qizi


Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari



Yüklə 37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü37 Kb.
#156232
1   2   3   4   5
etiologiyasi-aniq-bo-lmagan-baliq-kasalliklari

Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari.
Kasallikning oldini olish 
kasal baliqlarning sog‘lom baliqlar bilan kontaktda (aloqada) bo‘lishining oldini olishga 
qaratilishi kerak. O‘stiruvchi va yayrovchi suv havzalariga turli yoshdagi baliqlarning qo‘shilib 
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, kasal baliqlar va qisqichbaqa lichinkalarining hovuzdan hovuzlarga 
o‘tib ketishining oldini olish maqsadida suv kelib qo‘shiluvchi kanallarda baliq ushlovchi va 
qum-grafitli filtrlarni o‘rnatish zarur. Tuxumlar to‘pini yo‘qotish maqsadida hovuz ostidagi 
loyqalarni 
quritish
va dezinfeksiya qilish, qishda esa hovuzlarni suvsiz qoldirish maqsadga muvofiqdir. 
Gidroqurilmalarni bahorda dezinfeksiya qilib xlorli ohak bilan oqlab chiqish, suv havzalaridagi 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
590 
qattiq o‘simliklarni yig‘ib olish lozim. Baliqlarni arguluslardan qutqarish uchun nosog‘lom 
hovuzlarni xlorofos bilan ishlovdan o‘tkazish yaxshi samara beradi. Bunda xlorofosning suvdagi 
konsentratsiyasini 100 mg/l gacha yetkazish kerak. Baliq va suvda zog‘ora baliqlarni iste’mol 
qiluvchi yovvoyi baliqlar miqdorini kamaytirish maqsadida suv havzalarining yuza qatlamiga 
so‘ndirilmagan ohakni 100-150 kg bir gektar hisobiga sepib chiqish. Bunda hovuzlar iyul-avgust 
oylarida 2 marta 2 hafta oralig‘ida ohaklanadi. Karbofos qo‘llanilishi mumkin. Preparat zog‘ora 
baliq, sazan, oq amur, ola peshanado‘ng turdagi baliqlarning chavoq va bir yoshdagilariga ishlov 
berishda qo‘llaniladi. Karbofosning 0,1 mg/l dozasi yosh va katta qisqichbaqalarni o‘ldirish 
qobiliyatiga ega. Zararlangan baliqlarga 0,001% li margansovka bilan vanna usuli qo‘llanilishi 
mumkin. Bunda baliqlar 30 daqiqa davomida ekspozitsiya qilinadi. Agarda eritma 0,5% li bo‘lsa, 
ekspozitsiya 8 daqiqani tashkil qilishi kerak. 

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə