Esirgapova umida xasanovna



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə24/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
desertatsiya umida

1.13-rasm. H. orientalis . (Ориг.)
4. Hirudo orientalis Utevsky & Trontelj, 2005 (1.13-rasm.)


Tavsifi. H. orientalis  yirik hajmdagi zuluk bo’lib, tashqi ko’rinishi H. medicinalis ga juda o’xshash. Tanasining uzunligi o’rtacha 80-130 mm, kengligi 8-14 mm atrofida. Ko’zlari 5 juft, tanasining old qismida yarim oysimon joylashgan. Tana shakli chuvalchangsimon bo’lib, orqa tomoni qabariq, old tomoni yassilashgan. Tananing chekkalari tekkis. Orqa so’rg’ichi o’rtacha kattalikda. Tanasininng orqasi yashil-qoramtir zaytun rangida, boshidan anal tomon to’q sariq rangli 4 qator chiziqlar o’tgan. Ular H. medicinalis dagi kabi paramedial va paramarginal qatordan iborat. Biroq, paramedial katorda kichik ovalsimon qora dog’lar mavjud emas, paramarginal qatorda esa o’zaro alohidalashgan katta doirasimon shaklda. Tananing chetlari sariq yo’lli. Old tomoni ochroq yashil-zaytun rangda, to’q qoramtir rangdagi yirik dog’lar mavjud bo’lib, ular zich joylashganligi sababli qorin tomoni qora ko’rinadi. Old so’rg’ich ichida og’zi H. medicinalis bilan o’xshash, jag’larining har birida 71-91 tagacha tishlari joylashgan. Ko’payishi pillalari orqali amalga oshadi. Ularni suv sathidan yuqoriga soxil tuproqlariga yoki suv o’tlariga qo’yadi.
Ekologiyasi. H. orientalis termofil bo’lib, yashash biotoplari va ekologik ko’rsatkichlari H. medicinalis ga o’xshash.
5. Limnatis paluda (Tennent, 1859) (1.14-rasm.)




1.14-rasm. L. turkestanica. (Ориг.)
Tavsifi. Katta hajmdagi zuluk. Tanasining uzunligi yosh zuluklarda: 40-60 mm, kengligi 6-8 mm, voyaga yetganlarida o’rtacha 90-120 mm, kengligi 12-18 mm atrofida. Ko’zlari 5 juft. Tana shakli chuvalchangsimon. Harakat vaqtida uchunligi 180 mmgacha yetadi. Tananing chekkalari tekkis, tana yuzasi juda shilimshiq moddaga boy. Orqa so’rg’ichi diametri juda katta, yirik vakilllari substratga yopishganda kengligi 15 mm dan ortiq bo’ladi. Tana rangining bo’yalishi boshqa zuluklardan farq qiladi, ya’ni qorin tomoni to’q rangda: qoramtir-yashil, orqasi esa och-yashil, sarg’ish-yashil rangda, ikki yonida to’q sariq yo’lli chiziq mavjud. Yana bir o’ziga xosligi, orqa yuzasida qoramtir to’q dog’lar, naqshli chiziqlar mavjud emas. Old so’rg’ichida joylashgan jag’larining har birida 50 tadan oshmaydigan turli kattalikdagi tishlari mavjud.
Ekologiyasi. Zuluk populyasiyalari chorva hayvonlari suv ichish uchun keladigan kichik suv biotoplarida va ko’lmaklarda tarqalgan. Ular uchun sayoz, turg’un yoki sekin oqar, tubi loyqali (botqoqli) suv havzalari juda qulay muhit hisoblanadi. Zuluk na’munalari 13-24°C issiq haroratdagi suvlardan terildi. Ushbu tur topilgan biotopda suv o’tlari, ko’l baqasi, suv mollyuskalari ham uchradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ushbu parazit zuluklar o’z ho’jayinlari bo’lgan qo’y, qoramol, otlarni suvda kutadi va ular suv ichayotganda tezda og’iz bo’shlig’iga kirib oladi. Ular xo’jayinining lab va til ostiga, xatto burun ichiga ham mustahkam orqa so’rg’ichlari bilan yopishib bir necha kunlab yashaydi, shilliq qavatdan konini so’radi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə