Esirgapova umida xasanovna



Yüklə 5,56 Mb.
səhifə23/29
tarix13.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#148996
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
desertatsiya umida

Tarqalishi. Farg’ona vodiysining deyarli barcha hududagi suv tiplarida yashaydi.
3. Piscicola geometra (L., 1761) (1.12-rasm.)



4-расм. H. orientalis. (Асл нусҳа.)




1.12-rasm. P. geometra. (Асл нусҳа)
Tavsifi. P.geometra kichik o’lchamdagi zuluk. Tanasining uzunligi 18-24 mm, kengligi 1-3 mm. Tanasining shakli ingichka ipsimon. Old so’rg’ichi yumaloq disksimon bo’lib, huddi plyus (+) chizilganga o’xshash bo’yalgan. Orqa so’rg’ichi och rangdagi 14 tagacha radial chiziqlarga ega bo’lgan katta, u substrat yoki ho’jayiniga mustahkam yopishishga yordam beradi. Tanasininng rangi sariq, lekin unda to’q jigarang-qoramtir rangdagi kichik dog’lar borligi sabab to’q rangda ko’rinadi. Orqa tomonida och rangdagi dog’lar ham mavjud bo’lib, ular 17-19 ta chiziqlar hosil qiladi. Ko’zlar ikki juft bo’lib, oldingi 1-jufti kattaroq, uzun chiziqsimon shaklda, keyingi 2-juft ko’zlari kichikroq. Ushbu tur substratga
(o’simlik, toshlar) ovalsimon shakldagi pilla qo’yish yo’li bilan ko’payadi, o’ziga xosligi pillada faqat bitta tuxum bo’ladi.
Biotopi. P.geometra kislorodga boy suv havzalarida yashovchi oksifil zuluk bo’lib, uni 20-120 sm chuqurlikda, pH ko’rsatkichi 7 ga teng bo’lgan, 13-16°C issiq haroratdagi juda tiniq va tez oqmaydigan biotoplarda uchratish mumkin. Ushbu tur yashaydigan biotoplar suvining tozaligi, kislorodga boyligi juda muhim hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, u odatda buloq va uning atrofidagi tabiiy suv tiplarida uchradi. Namunalar terilgan suv havzalarida P.geometra bilan birga ko’plab suv o’tlari, baliqlar, ko’l baqasi, suv mollyuskalari (Acroloxus lacustris, Lymnaea auricularia, L. lagotis, Costatella acuta, Planorbis planorbis, Anisus ladacensis, A. acronicus), qisqichbaqasimonlar, hasharotlar lichinkalari ham uchradi. Asosan, suv ostidagi o’simliklar, ba’zan toshlardan substrat sifatida foydalanadi.


Ahamiyati. P.geometra biosenozdagi karpsimon baliqlarda vaktinchalik ektoparazitlik qilib, biotik munosabatlarda “parazitizm” ko’rinishda qatnashadi.
Tarqalishi. Qoradaryo suv havzasining kislorodga boy hududlarida hamda Baliqchi tumanidagi Qaynarbuloq bulog’ida tarqalgan.





Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə