Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Kiritmali yarimo‘tkazgichlarning



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

2.3. Kiritmali yarimo‘tkazgichlarning
elektr o‘tkazuvchanligi
Ko‘p yarimo‘tkazgich asboblarda kiritmali yarimo‘tkazgichlar
qo‘llaniladi. Kiritmalar erkin zaryad tashuvchilarni yuzaga keltirishi
kerak. Sodda yarimo‘tkazgichlarda begona atomlar kiritma bo‘lib
xizmat qiladi. Agar kiritma atomlari kristall panjarada joylashgan
bo‘lsa,  ular  almashinish  kiritmalari,  agar  tugunlar  orasida
joylashgan bo‘lsa — kiritish (joriy etish) kiritmalari deb ataladi.
Almashinish natijalari kiritma atomining valentligiga bog‘liq.
Bunda, yarimo‘tkazgichning taqiqlangan zona oralig‘ida diskret
energetik  sathlar  hosil  qiladigan  atomlarga  ega  kiritmalar


28
ishlatiladi.  Agar  ularning  sathlari  asosiy  yarimo‘tkazgichning
o‘tkazuvchanlik zonasi tubida joylashgan bo‘lsa, hatto uncha katta
bo‘lmagan temperaturada  ham elektronlar kristall  bo‘ylab erkin
harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu zona sathlariga o‘tishlari
mumkin.
Kiritma atomlari elektronlaridan ajralib, musbat zaryadlan-
gan ionlarga aylanadi. Demak, elektr o‘tkazuvchanlikda ishtirok
etmaydilar.  Kiritmali  erkin  elektronlar  xususiy  erkin  elektron-
larga  qo‘shilib  boradilar.  Shuning  uchun  yarimo‘tkazgichning
o‘tkazuvchanligi ko‘p hollarda elektron ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Bunday  yarimo‘tkazgichlar  elektron  yoki  n-turdagi  (n-negative)
yarimo‘tkazgich deb ataladi. Kiritmalar esa donor kiritmalar deb
ataladi. Ularga besh valentli fosfor, margimush va surma atomlari
kiradi.
Boshqa  kiritmalar  asosiy  yarimo‘tkazgich  taqiqlangan  zo-
nasi ichida — valent zona shiði yaqinida chala to‘ldirilgan sathlarga
ega bo‘lishi mumkin. Issiqlik yordamida qo‘zg‘atilishi hisobiga
kiritma atomi qo‘zg‘almas manfiy zaryadlangan ionga aylanadi.
Bundan tashqari, kristall bo‘ylab harakatlana oladigan kovak yuzaga
keladi.
Kiritma  holidagi  kovaklar  xususiy  kovaklarga  qo‘shilishi
mumkin, demak, o‘tkazuvchanlik ko‘p hollarda kovak ko‘rinishga
ega bo‘ladi. Bunday yarimo‘tkazgichlar kovak yoki p-turdagi
(p-positive)  yarimo‘tkazgich  deb  ataladi.  Kovak  o‘tkazuvchan-
likni yuzaga keltiruvchi kiritmalar akseptorlar deb ataladi. Ularga
uch valentli bo‘r, aluminiy, galliy va indiy atomlari kiradi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə