Экономика и социум


PIRLS-2021: boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning savodi xalqaro



Yüklə 50,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü50,49 Kb.
#156873
1   2   3   4   5   6
Bekchanova

PIRLS-2021: boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning savodi xalqaro 
tashkilot tomonidan tadqiq qilinadi. 
O‘zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etadi. Bu haqda 
«Xabar.uz»ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasining matbuot xizmati ma’lum qildi. 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev hamda Ta’lim yutuqlarini baholash 
xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of 
Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o‘rtasida 
O‘zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-
yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. 


________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash 
tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash 
tadqiqotlarida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. 
PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish 
savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich 
sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari 
sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda 
bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari 
natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. 
Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo‘ylab 
ta’limni baholash, tushunish va yaxshilash bo‘yicha ish olib boradigan milliy 
tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro 
hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ziyod 
mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-
yildan buyon IEA o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o‘qish 
salohiyati bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar 
yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi. 

Yüklə 50,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə