Экономика и социум



Yüklə 50,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü50,49 Kb.
#156873
1   2   3   4   5   6
Bekchanova

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №3(94) 2022 www.iupr.ru
belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta 
o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya 
bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan 
ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan. 
Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning 
ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki 
o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning “Milliy 
dasturi”yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni 
o‘zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar 
ko‘lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o‘tkazish imkoniyatini cheklab 
qo‘ymoqda.Shuningdek, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi 
o‘qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda 
malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi. 
Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb 
hisoblaymiz: 
Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O‘zbekistonning ishtiroki 
masalasini atroflicha o‘rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash; 
Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o‘quvchi yoshlar bilimlari darajasini 
baholash yoki monitoring qilishning “Milliy dasturi”ni yaratish; 
Ilm-fan yutuqlarining eng ilg‘or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida 
nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o‘rgatuvchi turli 
xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqish; 
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarida 
ta'lim–tarbiya 
berishga 
mas'ul 
mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo‘yish va 
bolalarning umumiy ta'limga yo‘naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan 
belgilab qo‘yish; 
Maktabgacha ta'lim hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalaridagi guruh va 
sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o‘quvchilar 
sonining maksimal hamda minimal ko‘rsatkichlarini belgilab qo‘yish; 
Psixologik testlar yordamida boshlang‘ich sinflardagi iste'dodli bolalarni 
ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil 
etish. 
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti sho‘'ba 
rahbari Xolmaxmatov Azim Hazratkulovich 

Yüklə 50,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə