Экономика и социум



Yüklə 133,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix20.09.2023
ölçüsü133,86 Kb.
#122653
1   2   3   4   5
KAZAKOVA XOTIRA esselar

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №8(99) 2022 www.iupr.ru
mavzu yuzasidan atroflicha emas, balki to`la-to`kis ma’lumotga ega holda har bir 
buyuk ijodkor siymosini so`z bilan oqqa ko`chirgan.
Kitobning “Ijod zahmati” qismida esa ijodkor o`zi, yaqinlari, umri davomida 
unga ijod sirlarini yuqtirishda ko`makdosh qadrdonlari, o`zining tarjimonlik 
faoliyati va bolalar adabiyotidagi o`ziga xos asarlari yaratilishi tarixi haqida 
to`xtalib o`tadi. “Men qishloq bolasiman. Birinchi hikoyamdan to hozirgi 
kungacha yozgan asarlarimning bosh qahramoni o`zim, bolaligim, qishlog`im. 
“Irmoq” muqovasiga chizilgan sariqqina bola – men, uloqchalar – mening 
suruvlarim, qishloq, tepaliklar, daraxtlar – tug`ilgan qishlog`im. Men tabiatni shu 
yerda tanidim, sevib qoldim, hali hanuz sog`inchi bilan yashayman…” [7:269]. 
Aynan shu satrlar ijodkorning boshqalardan ayro xususiyati, ya’ni samimiylik va 
soddadillik umri kabi ijodining ham doimiy hamrohi ekanligidan dalolatdir.
O`zbek adabiyotida esse janri badiiy ijod va ijodkor siymosi tahlilini 
to`laqonli namoyon qiluvchi adabiy janr hisoblanadi. Esselarning ijodkor yoki 
buyuk shaxslar hayot va ijod yo`li haqidagi adabiy o`ylar, tasvirlanayotgan voqea-
hodisa yoki shaxs siymosi badiiy portretini gavdalantirish maqsadida yaratilgan 
xotira-esselar ijodkorning zahmatli mehnati asosida yuzaga keluvchi xazinadir. 
Xotira-esselarni o`qish orqali biz tasvirlanayotgan shaxsning insoniy xislatlarini 
yanada chuqurroq anglab yetamiz. Voqea haqida esa batafsil ma’lumot olamiz. 
Buyuk daholarning ijodiy kamolotini yuzaga chiqargan shaxsiy xislatlari, 
boshqalardan farqlantiruvchi jihatlarini yaqqol ko`ra olishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.
B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Ahmedova “O`zbek adabiy 
tanqidchiligi tarixi” T.: 2012 
2.
O.Sharafiddinov. “Ijodni anglash baxti”. T.: 2004 
3.
O.Sharafiddinov. “Iste’dod jilolari” T.: 1976 
4.
O.Sharafiddinov. “Talant – xalq mulki”. T.: 1979
5.
S.Umirov. “Boburnoma” – badiiy maqolanavislikning go`zal namunasi. 
Jahon adabiyoti jurnali. 2003. № 2. 76-79.
6.
O.Sharafiddinov. “Dovondagi o`ylar”. T.: 2004 
7.
N.Fozilov. “Topdim-u yo`qotmadim”. T.: 2010.
8.
U.Normatov. “Ijod va shijoat”. T.: 2006.
9.
M.Qo`shjonov. “Mahorat sirlari”. T.: 1968 
10.
M.Qo`shjonov. “Hayot va nafosat”. T.: 1970. 
11.
A.Rasulov. Iste’dod va e’tiqod. T.2000.
12.
M.Qo`chqorova. “Badiiy so`z va ruhiyat manzaralari”. T.: 2011 

Yüklə 133,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə