Экономика и социум



Yüklə 133,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix20.09.2023
ölçüsü133,86 Kb.
#122653
1   2   3   4   5
KAZAKOVA XOTIRA esselar

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №8(99) 2022 www.iupr.ru
shoirlar, adabiyotshunos olimlarda erkin fikrlash imkoniyatini beruvchi
an’anaviylikdan voz kechib hayotni turli bo`yoqlarda aks ettirish imkoniyatini ham 
beruvchi janr sifatida maydonga keldi.
Yuqorida tasniflangan esse turlari ichida xotira-esselar o`zbek adabiyotida 
o`ziga xos o`ringa ega bo`lib, tarixiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan adabiyotning 
boshqa janrlari bilan bevosita aloqadorligi ta’kidlanadi. Esselar dastlab badi’alar 
tarzda namoyon bo`lar ekan, sharqda Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino 
risolalaridagi teran muhokamalarga asoslangan ibratomuz bitiklarda ham badiiy 
xotiralar namoyon bo`ladi.
Keyinchalik Alisher Navoiy yaratgan “Majolis un-nafois” tazkirasi, “Hayrat-
ul abror”ning ayrim boblari (“Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy madhi”, 
“Abdurahmon Jomiy madhi”, “Husayn Boyqaro madhi”, “Badiuzzamon haqida”), 
“Mahbub-ul qulub” asari, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlari 
esse janri yuzaga kelishidagi dastlabki namunalar sifatida e’tirof etiladi. Aynan 
“Boburnoma” esse janrining turfa xil janr unsurlarini o`zida namoyon etgan 
memuar asardir. Adabiyotshunos S.Umirov “Boburnoma” ilm, badiiyat, 
maqolanavislik, ocherk, esse xususiyatlarini ajib tarzda mujassam etgan go`zal 
sinkretik asardir” deya ta’riflagan edi. [5:76] Muallif voqealarga va qahramonlarga 
o`z nuqtayi nazaridan obyektiv baho beradi. Asardagi voqelik tarixiy zamon va 
makonda aks ettiriladi. Ana shu memuar jihatiga ko`ra “Boburnoma” sof xotira 
asardir. Aynan shu asar badiiy, ilmiy, hatto publitsistikaga xos ocherk, yo`l 
xotirasi, ilmiy mulohaza shaklidagi esse janri unsurlarini ham yaxlit bir butunlikda 
namoyon etgan. Shu sababdan “Boburnoma”ni esse tipidagi asar deyishimiz 
mumkin.
Keyinchalik yaratilgan Muqimiy qalamiga mansub “Sayohatnoma” asari 
ham yo`l xotiralari va avtobiografik yo`nalishdagi asar hisoblanib esse janri 
taraqqiyotida o`ziga xos o`ringa ega. Asarning “Qo`qondan Shohimardonga”, 
“Qo`qondan Farg`onaga”, “Qo`qondan Isfaraga” qismlarida ijodkorning 
qishloqlarga bergan ta’rif-u tavsifi shaxsiy kechinmalar asosida qalamga olingan 
bo`lib esse yaratilish tamoyillarida ham aynan shu jihat ustunlik qiladi. Ya’ni erkin 
fikr, rang-barang mavzu, ijodkor ruhiy olami tasviriga qaratilgan voqea-hodisa 
yoki shaxs haqida shaxsiy mulohaza hamda qarashlarni ifodalovchi bu janr 
imkoniyatlari shu zaylda taraqqiy etgan va adabiy tanqidchilikda o`ziga xos 
o`ringa ega.
Hozirgi adabiy jarayondagi xotira-esselar shakllanishida aynan mana shu 
tarixiy taraqqiyot asosiy bosqichni o`tagan desak bu ayni haqiqat. Ijodkorlar 
S.Ahmad, Sh.Xolmirzayev, O.Sharafiddinov, I.G`afurov, A.Muxtor, N.Fozilov, 



Yüklə 133,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə