Экономика и социум



Yüklə 133,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix20.09.2023
ölçüsü133,86 Kb.
#122653
1   2   3   4   5
KAZAKOVA XOTIRA esselar

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №8(99) 2022 www.iupr.ru
haqida o`y-fikrlarini qog`ozga tushirar ekan, ijodkor o`z tasavvurida xalqining 
abadiy farovon hayot kechirishi, insonlar orasida zulm-zo`ravonlik, vijdonsizlik, 
poraxo`rlik, munofiqlik illatlari tag-tomiri bilan bartaraf qilinishi zarurligi haqida 
alohida to`xtaladi. Shundagina biz istagan mustaqillik abadiy yashashi haqida 
kuyunchaklik bilan fikr bildiradi. 
“Muhabbat kunda kerak…” xotirasida esa Ozod Sharafiddinov mehnat va 
zahmatlarga to`la hayot yo`lida yo`ldoshlik qilgan turmush o`rtog`i, farzandlari va 
yaqin insonlari haqida yozarkan, muhabbatning oliy tuyg`u ekanligi, oiladek 
mustahkam qo`rg`on barpo etilishida uning roli beqiyos ekanligini, haqiqiy 
muhabbatni inson hamisha e’zozlay bilishi lozimligini aytadi. “Qars ikki qo`ldan” 
essesida esa ijodkor oilaviy masalalarni hal qilish har doim dolzarbligi, yoshlarga 
har jihatdan o`rnak bo`lish lozimligi haqida ham ko`pgina hayotiy misollarni 
keltirib o`tadi. 
Ozod Sharafiddinovning asarlari ichida xotira-esselar uning ijodining 
ajralmas 
bir 
qismi 
hisoblanadi. 
Shunday 
ekan 
ijodkor 
o`y-fikrlarini 
umumlashtirgan holda hayot saboqlari haqida teran mushohada yuritishi, turmush 
chigalliklarini bartaraf qilishda teran nigohlarda hayot haqiqatini anglab yetish 
darkorligini ko`p bora tilga oladi. Bu ayni Ozod Sharafiddinovga xos o`zgachalik, 
hech kimga o`xshamas iste’dod egasi ekanligida deya atash mumkin bo`ladi. 
Iste’dodli yozuvchi Nosir Fozilovning “Topdim-u yoqotmadim” xotiralar 
kitobida ham buyuk so`z ustalari, ijodkor va yozuvchilar ibratli hayot yo`llari 
haqida eslab o`tiladi. “Azizim” (O`lmas Umarbekov haqida), “Ta’zim” (ustozi 
Hamid G`ulom haqida), “Mulla Shukur” (Shukur Xolmirzayev haqida), “Ukadek 
aziz, do`stdek qadrdon edi” (Tog`ay Murod haqida), “Yaxshilarga yondashib” 
(Sobit Muqonov haqida), “She’riy maktub” (G`.G`ulom haqida), “O`zlaridan 
so`rasak” (M.Shayxzoda haqida), “Kenglik” (Oybek haqida), “Tanishuv” 
(A.Qahhor haqida), “Uchqo`rg`on” (S.Ahmad haqida) nomli esselarida atoqli 
o`zbek va qardosh xalqlar adiblari va ularning ijodi haqidagi adabiy portretlar 
jamlangan. Shu o`rinda adabiyotshunos A.Rasulovning adabiy portret janrining 
nazariy belgilari haqidagi quyidagi fikrlarini eslash joiz: “Adabiy portret janri 
tanqidchidan, yozuvchi hayoti va ijodiga oid materiallarni mukammal 
o`zlashtirishdan tashqari, teran zamonaviy nazariy bilimi, davr va adabiyot 
taraqqiyotida bosh tamoyillarni nozik anglashni, xarakteri yaratilayotgan 
san’atkorga nisbatan aniq munosabatda bo`lishni taqozo etadi” [13:68]. 
Ijodkorning ushbu nazariy qarashlari N.Fozilovning “Topdim-u yo`qotmadim” 
xotira kitobida to`laqonli o`z aksini topgan. Boisi yozuvchi qo`l urishi lozim 



Yüklə 133,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə