Экономика и социум



Yüklə 133,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.09.2023
ölçüsü133,86 Kb.
#122653
1   2   3   4   5
KAZAKOVA XOTIRA esselar

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №8(99) 2022 www.iupr.ru
O`.Umarbekov, A.Oripovlar o`zining xotira-esselari bilan o`zbek adabiyotini 
boyitdi. O`zbek xotira-esselarida mashhur shaxslarning hayoti va ijodi, 
dunyoqarashi, fe’l-atvori, madaniy saviyasi, xarakteri yozuvchi nuqtayi nazari 
bilan ochiladi. Ayni shu jihat esse yaratish tamoyillariga to`la mos keladi. 
O.Sharafiddinovning “Dovondagi o`ylar” kitobidagi “Mustaqillik me’mori” 
xotira-essesi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov 
haqida bo`lib, ilk yo`lboshchimizning siyosat maydoniga kirib kelishidan tortib
istiqlol yillariga qadam qo`yishdan avvalgi xalqning tahlikali va o`ta og`ir turmush 
sharoiti, moddiy va ma’naviy muammolarni bartaraf qilishdagi byurokratik 
tizimni parchalashdagi sa’y-harakatlari hamda istiqloldan keyingi bunyodkorlik 
ishlariga tashabbuskorligi yoritiladi. “Tarixdan ma’lumki, mustaqillikka erishmoq 
– juda mushkul ish. Lekin uni saqlab qolmoq, istiqlol yo`liga kirgan o`lkani 
bo`hronlar botqog`idan olib chiqmoq, turli-tuman yovuz kuchlar xurujidan 
asramoq yanada qiyinroq ekan. Buning uchun yakka niyat va xohishning o`zi 
kifoya qilmaydi. Bu ish beqiyos fidoyilikni, chinakam qahramonlik va 
dovyuraklikni, yuksak aql-zakovat, ulkan jismoniy va ma’naviy salohiyatni talab 
qilar ekan”. [6:22]
“Mustaqillik me’mori” xotira-essesida O.Sharafiddinov mustaqillik 
osonlikcha qo`lga kiritilmaganligini ta’kidlar ekan, ilk Prezidentimiz 
I.A.Karimovni “Istiqlol me’mori” deya ataydi. Uning me’morligi mamlakatimiz 
taraqqiyotini belgilab beradigan turli xil loyihalarni ishlab chiqish, ularni amalga 
oshirishda rahbarlik qilishdan iborat bo`lmaganini, o`z hayotini tahlika ostiga 
qo`yib bo`lsa ham yurt tinchligini asrashda kamarbasta bo`lganligida, kelajak 
avlodga esa obod va farovon yurt meros qolishi uchun tinimsiz mehnat, kurash va 
intilishda ekanligini ta’kidlab o`tadi.
Mamlakat taraqqiyotida iqtisodiy va siyosiy masalalarni hal qilish bilan 
xalqni to`laqonli farovon hayot kechirishi mumkin deya qo`l qovushtirib 
o`tirmasdan, insoniyat uchun ruhiyat, ma’naviyat masalalari ham nechog`lik 
muhim ekanligini nazardan qochirgan emas. Dastlabki qadamlardanoq ma’naviy 
kamolot masalalarini, milliy qadriyatlarni ko`z qorachig`idek asrash ijtimoiy 
rivojlanishning eng muhim vazifasi sifatida belgilab berganligini, amalga 
oshirishning keng ko`lamli va puxta o`ylangan dasturini ishlab chiqqanligini 
ta’kidlarkan, yurt taraqqiyotini har narsadan aziz bilgan bu insonning naqadar 
zahmatli bir ish boshida ekanligini qalban tushunishi haqida yozadi. Elimizga 
mana shu insondek fidoyi o`g`il-qizlar kerakligini alohida ta’kidlaydi. 
Asarning “Dovondagi o`ylar” qismida mustaqillikning eng ulug` ne’mat 
ekanligini, istiqlol shabadalari xalqimiz taqdirida yaraqlagan bir mohtob ekanligi 



Yüklə 133,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə