Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə43/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Ekonometrika asoslari

9.4-misol. Alohida hudud yoki butun mamlakat miqyosida ishlab chiqarishni modellashtirish uchun (ya'ni makroiqtisodiy, shuningdek mikroiqtisodiy darajadagi
masalalarni yechish uchun) 2 ko'rinishdagi IChF ko'p ishlatiladi, bu
yerda — IChF parametrlari. Bular musbat o'zgarmas sonlardir
(ko'pincha ax va a2 lar ax + a2 = 1 shartni qanoatlantiradi). Yuqorida keltirilgan
ko'rinishdagi IChFni 1929 yilda iqtisodiyotda qo'llashni taklif etgan ikki amerikalik iqtisodchilar nomlari bilan Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasi (KDIChF) deb ataladi.
P.Duglas va D.Kobb statistik ma'lumotlar asosida qayta ishlash sanoatidagi ishlab chiqarilgan mahsulot va unga ta'sir etuvchi kapital va mehnat xarajatlarining bog'lanishini aks ettiruvchi matematik modelni qurishga muvofiq bo'lishgan. KDIChF o'zining sodda tuzilishi tufayli turli-tuman nazariy va amaliy masalalarni yechish uchun ko'p ishlatiladi. Adabiyotlarda ko'pincha KDIChFning tadbiqlarida xl = К -ishlatilayotgan asosiy kapital hajmiga, x2 = L -esa mehnat xarajatlariga teng bo'lganda quyidagi ko'rinishdagi KDIChF ishlatiladi,
Y = a() K' L a-
?
buyerdaa0>0, ахг > 0, ax + a2 = 1.
AQShning 1899-1922 yillardagi iqtisodiy holati bo'yicha statistik ma'lumotlari asosida a0,aua2 parametrlarning son qiymatlari topilib, KDIChF

  • = 1,01 x°'25L0'15 ekanligi aniqlangan.

1960-1985 yillar davridagi sobiq SSSR iqtisodiyoti bo'yicha ma'lumotlar asosida а0г2 parametrlarning son qiymatlari hisoblangan va KDIChF

  • = 1,022k°'53S2L°'461S ko'rinishga ega bo'lgan.

Yuqoridagi parametrlar vaqt bo'yicha qatorlar (resurslar va ishlab chiqarish hajmining yillar davomida o'zgarishi) asosida aniqlanganligi uchun KDIChF dinamik xarakterga ega bo'lib, uning yordamida makroiqtisodiyotni prognozlash masalasini yechish mumkin. Agar KDIChFning parametrlari T0 vaqt davomidagi ma'lumotlar bo'yicha baholangan bo'lsa, prognozlash davrini T0/3 davrgacha olish tavsiya etiladi.
9.3.2. Ishlab chiqarish funktsiyalarining ko'rinishlari va xossalari
Ishlab chiqarish funktsiyalari qator xossalarga ega, bu xossalarning ba'zilari IChFlarning hammasi uchun ham bajarilavermaydi. Bu xossalarni ikki faktorli IChF uchun ko'rib chiqamiz. f(x) = f(x1,x2) IChF x1 >0, x2 > 0 uchun aniqlangan.



    1. xossa. Resurslarning kamida bittasi yo'q bo'lsa, ishlab chiqarish bo'lmaydi:

/(0,*2) = /(*190) = 0. Masalan, ishlab chiqarishga jalb etilgan mehnat resurslarisiz mahsulot etishtirib bo'lmaydi.

    1. xossa. Resurslardan kamida bittasining sarfi ko'paysa, ishlab chiqarish hajmi o'sadi:


Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə