Algebraik amallarning xossalari



Yüklə 84,79 Kb.
səhifə1/4
tarix22.01.2022
ölçüsü84,79 Kb.
#83037
  1   2   3   4
ALGEBRAIK OPERATSIYA


Algebraik amallarning xossalari.

Maktab matematika kursida sonlar ustida qo`shish, ko`paytirish, bo`lish, ayirish kabi amallar o`rganiladi. Bu amallar bir qator xossalarga ega. Masalan, musbat butun sonlar to’plamida sonlarni qo`shish va ko`paytirish amali bajariladi, chunki bu amallarni bajarishdan chiqqan natija son musbat butun son bo`ladi. Shuningdek qo`shish va ko`paytirishda sonlarni o`rni almashishi bilan natija o`zgarmaydi.





Musbat butun sonlar to’plamida ayirish va bo`lish amallari hamma vaqt bajarilmaydi, chunki sonlarni ayirish natijasida ba’zida manfiy, bo`lish natijasida kasr son hosil bo`ladi. Shuningdek ushbu to’plamda sonlarni ayirish va bo`lishda sonlarni o`rnini almashtirish mumkin emas.





Demak musbat butun sonlar to’plamida sonlarni qo`shish va ko`paytirish o`rin almashtirish xossasiga bo`ysinadi, ayirish va bo`lish esa ushbu xossaga bo`ysinmaydi.

Amallar va ularning xossalarini faqat sonlar to’plami uchungina emas, balki boshqa matematik ob’yektlar uchun ham qarash mumkin. Masalan, to’plamlar, mulohazalar, almashtirishlar. To’plamlar ustida to’plamlarning birlashmasi, kesishmasi amallari bajariladi va bu amallar o`rin almashtirish xossasiga bo`ysinadi.

Sonlar, to’plamlar, mulohazalar va shu kabi matematik ob’yektlar ustida amallar bajarish jarayonida birorta to’plamning ixtiyoriy ikkita elementiga shu to’plamning uchinchi bir elementi mos qo`yiladi. Sonlar va matematik ob’yektlar ustida bajariladigan amallar algebraik amal deb yuritiladi.

1-ta’rif. Berilgan to’plamning ixtiyoriy elementlaridan tuzilgan tartiblangan juftlikka, shu to’plamning uchinchi bir elementini mos qo`yuvchi akslantirish mavjud bo`lsa, to’plamda algebraik operatsiya berilgan deyiladi. to’plamida dekart ko`paytma berilgan bo`lsa, juftlik dekart ko`paytmadan, esa to’plamidan olingan bo`lib, dekart ko`paytma akslanadi. Demak, to’plamda berilgan akslantirish algebrik operatsiya bo`lib, element operatsiyaning birinchi, element operatsiyaning ikkinchi komponenti, esa uning natijasi deyiladi.

Biz yuqorida ko`rinishdagi dekart ko`paytmani to’plamga akslantirishni ko`rdik, ya’ni dan olingan elementlar juftligiga bitta elementni mos qo`ydik. Bunday akslantirish vositasida berilgan algebraik operatsiyaga binar («bis» lotincha – «ikki» ma’nosini bildiradi) algebraik amal deyiladi. Matematikada ko`p hollarda



ko`rinishdagi dekart ko`paytmani to’plamiga akslantirish bilan berilgan algebraik operatsiyalar ham mavjud.


unar (lotincha «unus»-bir)
binary
ternar

………………


-nar operatsiya deb yuritiladi.


Yüklə 84,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə