Ekonometrik modellashtirish asoslari


Keynsning iste’mol funksiyasi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#134618
1   2   3   4   5   6   7
Ekonometrik modellashtirish asoslari (1)

Keynsning iste’mol funksiyasi 

1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi 

Kuzatilayotgan ob’ektlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida


tabiatda va jamiyatda ro‘y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi.
Buning uchun ob’ektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to‘g‘risida
dastlabki tushunchalar hosil bo‘ladi. Bu tushunchalar oddiy so‘zlashuv tilida,
turli rasmlar, sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin.
Ushbu tushunchalar model deb aytiladi.

Model so‘zi lotincha modulus so‘zidan olingan bo‘lib, o‘lchov, me’yor
degan ma’noni anglatadi.
Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar sistemasini
namunasidir. Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda
ham qo‘llaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar
yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy ob’ektlarning soddalashtirilgan
nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan
ob’ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda
o‘rganilayotgan ob’ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda
jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga
qaraganda afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan
iborat:
I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model
yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo‘jaligi bu o‘ta
murakkab sistemadir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash
mumkin.
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng
maydon tug‘iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o‘zgartirib,
ob’ektni faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda
qo‘llash mumkin. Real ob’ektlar ustida eksperiment qilish ko‘plab xatolarga
va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin.
III. Model, noshakl sistemani, matematik formulalar yordamida
shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani
boshqarishga yordam beradi. IV. Modellashtirish o‘rganish va bilish jarayonini kengaytiradi.


Model hosil qilish uchun ob’ekt har tomonlama o‘rganiladi, tahlil qilinadi.
Model tuzilganidan so‘ng, uning yordamida ob’ekt to‘g‘risida yangi ma’lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, ob’ekt to‘g‘risidagi bilish
jarayoni to‘xtovsiz jarayonga aylanadi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə