O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 96,95 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü96,95 Kb.
#181067
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
shaxrizodaaaaa — копия


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


Fizika-matematika fakulteti
Amaliy Matematika yo‘nalishi 203-guruh talabasi
Abdurahimova Oqilaning
“Matematik modellashtirish” fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Ayrim murakkab tizimlarning matematik modellari.

Topshirdi: Abdurahimova O.B.


Qabul qildi: Qurbandurdiyev Sh.U.

REJA:
I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1.Iqtisodiy matematik modellar.
2.Ekologik-matematik modellar.
3.Raqobatning ayrim modellari.
III.XULOSA.
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH.
Ushbu kurs ishi Ayrim murakkab tizimlarning matematik modellariga bag‘ishlangan bo‘lib,unda Iqtisodiy matematik modellar,Ekologik matematik modellar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tilgan.
Bu kurs ishi 4 ta qismni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Asosiy qism quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
Birinchi bo‘limda Iqtisodiy matematik modellar,Iqtisodiyotda chiziqli va chiziqsiz dasturlash,Ishlab chiqarishni rejalashtirishning matematik modeli,Materialni bichishning matematik modeli keng tarzda bayon qilingan.
Ikkinchi bo‘limda Ekologiyada matematik modellarga misollar,Bir jinsli populyatsiyaning sodda modellari, Yirtqich-o‘lja modeli (Volterra modeli) haqida bayon etilgan.
Uchinchi bo‘limda Raqobatning ayrim modellari, Ikki dаvlаt оrаsidаgi qurоllаnish pоygаsi mоdеli, Ikki armiyaning jangovor harakati modellari haqida bayon qilingan.

ASOSIY QISM
1.Iqtisodiy matematik modellar.
Iqtisodiy obyektlarning matematik modellari – uni tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy bog`lanishlar, grafik, graf va hokazolar yordamida tasvirlashdir. Bu tasvir tarkibiga o`rganilayotgan narsaning tashkil etuvchi elementlari orasidagi bog`lanishlar, modelda shu elementlarga mos keluvchi elementlar orasidagi bog`lanishlar ham kirishi lozim bo’ladi. Modelni o`rganish, obyekt to`g`risida yangi ma`lumotlarni olish va turli holatlarda ularga mos keluvchi eng yaxshi (optimal) yechimlar topishga imkon beradi. Model tuzishda modellashtirilayotgan obyektdagi jarayonlarni belgilovchi muhim omillar olinib, muhim bo`lmaganlari model tarkibiga kiritilmaydi. Iqtisodiy modellar, qaralayotgan iqtisodiy obyekt faoliyatidagi muhim o`rin tutadigan tarkibiy qismlarni aniqlashga va ular asosida shu obyektning kelajakdagi faoliyatidagi o`zgarishlarning, ayrim parametrlarning o`zgarishiga bog`liq ravishda bashorat qilish imkonini ham beradi. Bu modellarni qurishda modellashtirilayotgan iqtisodiy obyekt faoliyatida o`rin egallagan omillardan, mohiyatan eng muhimlari ajratilib qolganlari esa e`tiborga olinmaydi. Iqtisodda foydalaniladigan matematik model elementlarini turlariga qarab quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
 Chiziqli dasturlash. Bunda bog`lanishlar chiziqli, izlanayotgan o`zgaruvchilar uzluksiz va boshlang’ich ma’lumotlar aniq qiymatlarda bo’ladi.
 Chiziqsiz dasturlash. Bunda bog`lanishlar chiziqsiz, izlanayotgan o`zgaruvchilar uzluksiz yoki butun sonli bo`lib, boshlang`ich ma‘lumotlar ham aniq qiymatlarda bo`ladi.
 Butun sonli dasturlash. Bunda bog`lanishlar chiziqli, izlanayotgan o`zgaruvchilar butun sonli va boshlang`ich ma‘lumotlar aniq qiymatlar bo’ladi.
 Dinamik dasturlash. Bunda bog`lanishlar chiziqli yoki chiziqsiz bo`lib, ko`proq vaqtga bog`liq masalalar qaraladi va hokazo.
Imitatsion model - matematik model asosida kompyutyerda hisoblash tajribalarini o`tkazib real obyekt, jarayon yoki tizim holatini taqlid (imitatsiya) qilishdir. Imitatsion model yordamida obyekt, jarayon yoki tizimga tasodifiy ta`sir reaksiyasini hisoblash imkoniyati mavjud.

Yüklə 96,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə