Ekonometrik modellashtirish asoslari


Ekonometrikaning vazifalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#134618
1   2   3   4   5   6   7
Ekonometrik modellashtirish asoslari (1)

Ekonometrikaning vazifalari 
1) Modelni spesifikatsiya qilish - empirik tahlil uchun ekonometrik
modellarni tuzish.
Modelniparametrlashtirish - tuzilgan model parametrlarini
baholash.
3) Modelni verifikatsiya qilish - model parametrlari sifatini va
butun modelning o‘zini tekshirish.
4) Model asosida prognoz qilish - ekonometrik modellashtirish
natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun prognozlar tuzish va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Ekonometrikaning metodologiyasi
Ekonometristlar iqtisodiy muammoni tahlil qilishda qanday yo‘l tutadilar, ya’ni ularning metodologiyasi nimalardan iborat? Ekonometrika metodologiyasi bo‘yicha bir
necha maktablar mavjud, lekin biz bu yerda hozirgacha iqtisodiyot va boshqa
ijtimoiy fanlarningempirik tadqiqotlarida ustunlik qilib kelayotgan
an’anaviy yoki klassik metodologiyani keltirib o‘tamiz
2 An’anaviy ekonometrik metodologiyalar quyidagi yo‘nalishlarda olib
boriladi:
1. Nazariya yoki gipotezaning qo‘yilishi. 
2. Nazariyaning matematik modelini aniqlashtirish.
3. Statistik yoki ekonometrik modelni aniqlashtirish.

Ekonometrikaning vazifalari 
Modelni spesifikatsiyalash
Modelni parametrlashtirish
Modelni verifikatsiyalash
Modelni prognozlash
Empirik tahlil uchun ekonometrik
modellarni tuzish
Tuzilgan modelning parametrlarini baholash
Butun modelning o‘ziniva modeldagi parametrlar sifatini tekshirish
Ekonometrik modellashtirish natijalari bo‘yicha aniq iqtisodiy hodisalar uchun 


prognoz tuzish va tavsiyalar ishlab 
chiqish
4. Ma’lumotlarni to‘plash.
5. Ekonometrik model parametrlarini baholash.
6. Gipotezalarni testdan o‘tkazish.
7. Prognozlash yoki oldindan aytib berish.
8. Boshqarish maqsadlari uchun modeldan foydalanish.
Yuqorida keltirilgan qadamlarni izohlash uchun Dj.M.Keynsning
iste’mol nazariyasini ko‘rib chiqamiz.
1. Nazariya yoki gipotezaning qo‘yilishi.
Keyns ta’kidlaydiki "...fundamental psixologik qonun shundan
iboratki, qoidaga ko‘ra erkaklar (ayollar) o‘zlarining o‘rtacha daromadlari
ortishi bilan daromadga nisbatan unchalik katta bo‘lmagan darajada
o‘zlarining iste’mollarini oshirishga harakat qiladilar"
Qisqacha aytganda, Keyns iste’molga bo‘lgan chekli moyillik (MRS) bu
daromadning bir birlikka (1 dollarga) o‘zgarishi bilan iste’moldagi
o‘zgarishning tezligi bo‘lib, noldan katta, ammo 1 dan kichik deb faraz qilgan.
2. Iste’molning matematik modelini spesifikatsiya qilish.
Keyns daromad va iste’mol o‘rtasida musbat o‘zaro bog‘liqlik
mavjudligini aytgan bo‘lsada, ular o‘rtasida bog‘liqlik qaysi shaklda
ekanligini aniqlashtirmagan. Soddalik uchun, iqtisodchi-matematik
Keynsning iste’mol funksiyasini quyidagi ko‘rinishda taklif qilishi
mumkin:


hamda u iqtisodiyotda iste’mol funksiyasi deb ataladi. Model matematik
tenglamalar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Agar model bitta tenglamaga
ega bo‘lsa, u bir tenglamali model deyiladi, agar bittadan ortiq tenglamaga
ega bo‘lsa, u holda ko‘plikdagi model deyiladi.
formuladagi tenglik belgisidan chap tomonda turgan o‘zgaruvchi
bog‘liq o‘zgaruvchi, o‘ng tomonidagi esa bog‘liq bo‘lmagan yoki tushuntirib
beruvchi o‘zgaruvchi deyiladi. Shunday qilib, Keynsning iste’mol
funksiyasida (tenglamadagi iste’mol funksiyasi bog‘liq o‘zgaruvchi va
daromad manbai bog‘liq bo‘lmagan yoki tushuntirib beruvchi o‘zgaruvchi
hisoblanadi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə