Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
10 sinf huquq

1-topshiriq.
 
Kun davomida nima bilan mashg‘ul bo‘lishingizni eslang: 
maktabga borasiz, ta’lim olasiz, maktabning ijtimoiy hayotida 
(sport va boshqa to‘garaklarda) qatnashasiz, uyga qaytasiz. Qan
-
day hollarda davlat bilan munosabatlarga kirishishingizni sanab 
o‘ting va bu sizga shaxsan qanday ta’sir ko‘rsatishini ayting.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 
 
MAMLAKAT MUSTAQILLIGINING HUQUQIY ASOSI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi davlatimiz mustaqilligi
-
ning huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi. Har bir davlat Aso
-
siy qonunida birinchi o‘rinda o‘zining boshqaruv shaklini ifoda etishi lozim. 
Chunki davlatning siyosiy-huquqiy maqomi belgilanmay turib, jamiyatning ijti
-
moiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotining ustuvor yo‘nalishlariga 
oid qoidalarni aniqlashtirish mantiqsiz bo‘lar edi. 


6
Konstitutsiyada respublikaning suvereniteti mustahkamlanishi bilan 
O‘zbekiston chinakam mustaqillikka va erkinlikka erishdi, yer, yer osti boy
-
liklari, boshqa tabiiy zaxiralar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va intellektual imko
-
niyatlar milliy boylikka aylandi, o‘zbek xalqining asl tarixi va madaniyati qad 
rostladi, shoirlar, muallimlar, mutafakkirlar, davlat arboblarining pok nomlari 
tiklandi. Insonning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar tomonidan 
himoyalangan.
Davlat mustaqillikka erishgani, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga 
a’zo bo‘lgani O‘zbekistonga mustaqil tashqi siyosat yuritish, xalqaro muno
-
sabatlar yo‘nalishlari va muhim tomonlarini belgilash imkonini berdi.
Konstitutsiyaning 1-moddasida mamlakatimiz suvereniteti xalqaro de
-
mokratik qadriyatlarga uzviy bog‘liqligi namoyon etildi va shuning uchun 
O‘zbekiston nafaqat suveren, shu bilan birga demokratik respublika deb e’lon 
qilindi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə