Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
10 sinf huquq

OQ YO‘L!


4
I-BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI — 
 
XALQARO HUQUQ SUBYEKTI
1-§. HUQUQ — SHAXS VA DAVLAT MUNOSABATLARINING 
MUSTAHKAM ASOSI
SHAXS VA DAVLAT O‘ZARO MUNOSABATLARINING 
 
KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSI
Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va majburiyatlar orqali uzviy 
bog‘liqdir. Shaxs, jamiyat va davlat — bu uchala asosiy qadriyat Konstitut
-
siyada belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiya fuqaro, jamiyat va davlat hokimiyati o‘rtasidagi munosabatlar
-
ni belgilovchi o‘ziga xos ijtimoiy shartnomadir. Konstitutsiya fuqarolarning umu
-
miy teng huquqliligi, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro mas’ulligi 
g‘oyasiga asoslanadi. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi xalqqa xizmat qilishdir. 


5
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xiz
-
mat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va 
fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 2-modda.
O‘zbekistonning asosiy qonuni davlatga, uning hukumat organlariga, man
-
sabdor shaxslarga, jamoatchilik birlashmalariga va fuqarolarga Konstitutsiya va 
qonunlarga muvofiq faoliyat yuritish majburiyatini yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat bir
-
lashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 
ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 15-modda.
93-moddaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekis
-
ton Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə