Davlat va huquq


BMTning asosiy maqsadlari



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
10 sinf huquq

BMTning asosiy maqsadlari
quyidagilar hisoblanadi:

butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash;

do‘stona munosabatlarni rivojlantirish;

kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish;

atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish;

inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash.
O‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun BMT oltita bosh 
organdan iborat o‘z tuzilmasiga ega.
Bosh Assambleya
BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning 
ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global 
tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
Xavfsizlik Kengashi
5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Bri
-
taniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10 
ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan. 
Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash 
masalalarini ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy va 
 
Ijtimoiy Kengash
BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy 
masalalarni ko‘rib chiqadi.
Vasiylik Kengashi
sobiq mustamlaka kolonial yerlarning o‘z yo‘nalishini 
aniqlashiga yordamlashadigan kuzatuv organi.
Xalqaro Sud
15 sudyadan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi 
nizolarni ko‘rib chiqadi, shuningdek xalqaro 
muammolar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi.
Kotibiyat
BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT 
ma’muriy organi hisoblanadi.


19
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixidan
BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR (sobiq), AQSh, 
Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi ken
-
gashida 1943-yilda qabul qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda tuzil
-
gan. 24-oktabr har yili BMT Kuni sifatida nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi esa San-Fransis
-
ko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. Ustavga dastlab 
51 davlat imzo chekkan, bugungi kunga kelib a’zolar soni 193 
mamlakatga yetdi.
O‘zbekiston BMT a’zoligiga 1992-yil 2-martda qabul qilindi.
BMT bosh idorasi Nyu-Yorkda (AQSh) joylashgan.
BMT shtab kvartirasi. Nyu-York

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə