“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92

 
35
siljib, O`rta va Janubiy Yunonistonga bostirib kirganlar. Doriy qo`shinlari Miken, Tirinf, Pilos, Krit davlatlarini tor-mor 
etganlar.  
 
3.  Gomer va arxaik davrlarda Yunoniston 
 
 
Gomer dostonlarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II va I ming yilliklar sarhadida yer jamoasi 
mavjud bo`lib. Qabila boshliqlari "basileylar"  deb atalar edi. Basileylar o`z qarindoshlariga jamoa yerlaridan katta-
katta kesik uchastkalar - "temenlar" ajratib bera boshlaganlar. 
 
Bu vaqtda boy xo`jayinlarga batrak bo`lib ishlaydigan kambag`allar - fetlar va hatto o`z urug`doshlik jamoasi 
bilan aloqasini yo`qotgan kishilar - zo`r-bazo`r kun ko`rishga va tilamchilik qilishga majbur bo`lgan motanastlar 
paydo bo`lgan.  
 Gomer 
davri 

harbiy demokratiya davridir. 
 
Hokimiyatning doimiy harakatdagi organi oqsoqollar kengashi - bule bo`lgan. 
 
Qabilalararo urushlarning tez-tez bo`lib turishi natijasida turli qabilalar aholisi aralash-quralash bo`lib ketar 
edi. Shu sababli qabila boshliqlari - filobasi-leylar ("fila" - "qabila" demakdir) qabilani idora qilishdan ko`ra ko`proq 
ayni qabila hududida yashovchi aholini idora qiladigan bo`lganlar.  
 
Miloddan avvalgi XI-XVIII asrlarda yunonlar dunyosida Afina, Sparta, Korinf, Megara, Agros, Fiva, Siklon va 
boshqa juda ko`p kichik-kichik shahar-davlatlar bor edi.  
4.  Qadimgi Afina davlatining tashkil topishi 
 
 
Miloddan avvalgi VIII asrlarda Afinada hali urug`doshlik tuzumi hukmronlik qilar edi.  
Miloddan avvalgi I ming yillikning oxiriga kelib qulchilik keng tarqalgan hodisa bo`lib qolgan edi. 
 
Atrof muhitni o`rab turgan tabiiy sharoitlarga xo`jalik yuritishning moslashtirilishini talab qiladigan jug`rofiy 
sharoitlar, ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`tish munosabati bilan yanada kuchayib borayotgan mahalliy tabiiy 
resurslarning tugab borishi, ayirboshlash va u bilan bog`liq qabilalararo aloqalarning rivojlanishi, qon-qarindoshlik 
aloqalarining kuchsizlanishi va urug`lar hamda qabilalarning assimilatsiyasi oqibatida vujudga kelgan va qabilalar 
doirasidan chetga chiqqan nizolarni bartaraf etish va tartibga solish zaruriyati - bularning hammasi Attika qabilalarining 
yagona hokimiyat ostida birlashtirilishi uchun shart-sharoitlar bo`lib qolgan edi. 
 
Afsonalarga ko`ra, miloddan avvalgi II ming yillikdayoq sinoyikizmni (birlashuvni) Tesey amalga oshirgan. 
Bunday hokimiyatning kelib chiqishi erkin kishilarni nafaqat ijtimoiy tengsizligini, balki siyosiy tengsizligini 
mustahkamlashga qaratilgan va ularni qaysi qabila yoki fratriyaga tegishliligidan qat’i nazar, quyidagi uch toifaga.: 1) 
yevpatridlar  - nasl-nasabi olijanob bo`lgan aristokratlar, aslzodalar; 2) geomorlar  - dehqonlar; 3) demiurglar  
hunarmandlarga bo`linishini belgilab bergan Tesey islohotlari bilan boshlanadi. Harbiy ishning murakkablashuvi 
munosabati bilan maxsus askarboshilik-polimarxlik lavozimi ana shu tariqa paydo bo`lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII 
asrlarda ta’sis etilgan arxontlik mansabi Afinada davlatning tashkil topishidagi muhim ikkinchi qadam edi.  
Arxontlar (ya’ni boshliq yoki el og`asi) dastlab umrbod muddatga, miloddan avvalgi VIII asrdan 10 yilga, 
miloddan avvalgi 583 yildan esa 1 yilga (har yili 9 ta arxont) saylanadigan bo`lgan.  
 
Davlatning tashkil topishiga ta’sir ko`rsatgan yana bir muhim hodisa - bu miloddan avvalgi VIII asrda yangi 
boshqaruv organi - areopagning tashkil topishi bo`lgan (bu organ areopag deb nomalangan tepalikda majlis o`tkazib 
turgani uchun shunday deb atalgan).  
 
Yuqoridagilar bilan birga davlatning tashkil topishi uchun xarakterli bo`lgan yana boshqa muhim jarayon - 
aholining hududiy bo`linishi jarayoni ham rivojlanishda davom etgan. Miloddan avvalgi VII asrda mamlakat hududi 
okruglarga - navkrariylarga bo`lingan.  
Miloddan avvalgi 621 yilda "Drakont qonunlari" e’lon qilingan. Miloddan avvalgi 594 yilda siyosiy kurash maydoniga 
Salon  degan tarixiy shaxs chiqqan edi. Yevpatridlardan kelib chiqqan Salon 1-arxont qilib saylangach, iqtisodiy va 
siyosiy islohotlar o`tkazgan. 
 
Salonning asosiy iqtisodiy islohati "sisaxfiya" -"yukni qoqib tashlash", ya’ni kambag`allarning garovga 
qo`yilgan yer uchastkalaridan qarzdorlik toshlarini olib tashlash deb ataladi. Salon dehqonlarning barcha 
qarzlarini bekor qilgan, garovga qo`yilgan yer uchastkalarini egalariga qaytarib bergan va qarz badaliga qul qilishni 
abadul-abad bekor qilgan. Shular bilan birga, qarzi uchun chetga qul qilib sotib yuborilganlarni qayta sotib olib, 
vataniga qaytargan. 
 
Salon vasiyat qiluvchining qonuniy farzandlari bo`lmagan taqdirdagina vasiyat qilish erkinligi haqida qonun 
chiqargan. Natijada vasiyat bahonasi bilan yerlarni sota boshlaganlar. Salon yer maksimumini ham joriy qilib, bunga 
ko`ra, istagan miqdorda yer sotib olish mumkin emas edi.  
 
Hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida Salon shunday bir qonun chiqarganki, bunga 
binoan, agar ota o`z vaqtida o`g`liga biron hunar o`rgatmagan bo`lsa, o`g`il qartayib qolgan otasiga yordam berishdan 
bosh tortishga haqli bo`lgan. 
 
Salon iqtisodiy islohotlar bilan bir qatorda siyosiy islohotlar ham o`tkazgan. U o`sha vaqtgacha 
mavjud bo`lib kelgan genoqoatiyani ("genos"- "urug`" demakdir) - nasl-nasabi aristokratiya hokimiyatini bekor qilgan 
va o`rniga demokratiyani ("time" - "baho", "qiymat" demakdir), ya’ni mulkiy senzga asoslangan hokimiyatni joriy 
etgan va shunday qilib, aristokratiyani urug`doshlik tuzumi sarqitlari bilan bog`liq bo`lgan imtiyozlardan mahrum 
qilgan. Salon Attikaning barcha fuqarolarini mulkiy holatiga qarab to`rt darajaga bo`lgan. Senzga asos qilib 
dehqonchilikdan kelgan daromad olingan. O`z yeridan kamida 500 medimn sochiluvchan yoki suyuq mahsulot olgan 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə