Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə3/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196
Дастурлаш асослари

Maqsadga yunaltiruvchi funksiya - tashkilotni ma’lum maksadga olib boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi.
Tashkiliy funksiya - Tashkilot turli bulimlaridagi mavjud imkoniyatlardan optimal darajada foydalanishdir.
Ularning har biriga izox berar ekanmiz, shuni kayd etish lozimki, raxbarlikning asosiy maksadi, ushbu vazifalar o‘rtasida mutanosiblik va uygunlikka erishish xamda shu orqali tashkilot butunligini ta’minlashdir.
Tashkilot Boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana kuyidagi xususiy funksiyalar kelib chikadi:

  • Rejalashtirish funksiyasi:

Natija kanday bo‘lishi xaqidagi tasavvur, unga erishish boskichlari va uslublar.
Asosiy tamoyili - Boshqaruvchi va boshkariluvchi sub’ektlarni muvofiklashtirish.

  • Nazorat etish funksiyasi:

Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta’minlovchi mablaF va rusurslar xaqidagi ma’lumotlarni saqlash, Boshqaruvning ta’sirchanligi xaqidagi axborotlarga ega bo‘lish. Nazoratning asosi - xisob-kitobdir xamda nazorat jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.

  • Siyosiy-xutsutsiy funksiya:

Tashkilot xodimlarining jamiyatda kabul kilingan konun va xuquqlar doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta’minlaydi.

  • Ijtimoiy funksiya:

Ijtimoiy xodisalar (turli kasb faoliyati va ularga xak tulash tafovutlari, insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy ximoyaga muxtoj xodimlarning mavjudligi.

  • Ragbatlantirish funksiyasi:

Ijro harakatlari me’yorda utishini ta’minlashdan iborat bulib, moddiy va ma’naviy raFbatlantirish vositalarini uz ichiga oladi. Boshqaruv maksadi va vazifalari Boshqaruv munosabatlarini keltirib chikaradi va Boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini urganadi.
Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. Kurib o‘tganimizdek, Boshqaruv psixologiyasi Boshqaruv maksadi va vazifalarni amalga oshirish davomida Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talkin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy kismlari uzaro itoatdaligi bilan harakterlanadi.
Tizim ichida amal kiluvchi itoat tamoyili Boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinatsiyadan kelib chikuvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulkida itoat va ijro etish shaqllarini nazarda tutadi. Ammo, Boshqaruv amaliyoti nafakat raxbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jixatidan barobar tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni xam urganadi.
Tizimning bunday kismlari o‘rtasidagi munosabatlarni uzaro muvofiklashtirish, ular o‘rtasidagi xamjixatlik shaqllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon buladi.
Boshqaruvdagi subordinatsiya va kordinatsiya munosabatlari tashkilot mikyosidagi vertikal va gorizontal alokalarni ajratish zaruratini tuFdiradi. Demak, vertikal alokalar uzaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal alokalar uzaro koordinatsiyani, ya’ni tizimning teng va mustakil kismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashkari, Boshqaruv munosabatlari uzining rasmiy va norasmiy kurinishiga xam ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot mikyosida xizmat kiluvchi xodimlar o‘rtasidagi ixtiyoriylik va uzaro xoxishga tayanadi. SHu munosabat bilan, Boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yukorida ta’kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshka turkum vazifalari Boshqaruv metodlarini shaqllantirish bulib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta’minlash maksadidagi ta’sir etish imkoniyatlarini ishlab chikishdan iboratdir
Tashkilot shaxsiga ta’sir etish uslublarini uch guruxga bulamiz: ma’muriy, moddiy va ma’naviy shaqllarda ta’sir etish. Bularning har birida ma’lum psixologik mazmun namoyon buladi va Boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta’sirchanlik imkoniyatini tadkik etadi.
Bunday ta’sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya’ni bajaradigan mehnatga ishtiyok uyg‘otish masalasiga katta e’tibor karatiladi. Boshqaruv ob’ektiga ta’sir etish uslublariga kura, uning bevosita va bavosita ta’sir shaqllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti masalasidir. Bevosita Boshqaruv jarayonini kuz oldimizga keltirsak, Boshqaruv sub’ekti sifatida raxbarni, ob’ekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Birok, raxbar uz faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshkarishi uni nafakat Boshqaruv sub’ekti, balki ob’ekt sifatida xam tushunish zaruratini kuyadi. Raxbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshkarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar Boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
YUkoridagi fikrlardan kelib chikkan xolda, Boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, Boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati kabul kilinadi
Boshqaruv psixologiyasi o’ziga xos mazmun kasb etadi, chunki uning
asosiy harakatlantiruvchisi sifatida shaxs o’zining qobiliyati, intellekti, motivatsiyasi, shaxsiy va boshqa sifatlari bilan markaziy o’rini egallaydi. Boshqaruv murakkab jarayon bo’lib, u psixologiya bilan uzviy aloqada rivojlanadi. SHuning uchun ham boshqaruv psixologiyasi deb nomlanuvchi alohida fan tarmog’i ajralib chiqqan. U ikki fan ya’ni psixologiya va boshqaruvlar ta’sirida yuzaga kelgan hamda rivojlandi. Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv fanining bir bo’lagi sifatida tashkilotdagi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi ishlanmalarni ishlab chiqish va o’rganish zarur. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning bir bo’lagi sifatida shaxs psixikasini o’rganadi, uning boshqaruv faoliyatini psixik tavsifini taqiq qiladi va boshqaruvni muvafaqqiyatli tashkil etish uchun zarur bo’lgan muhim xususiyatlarni tahlil qiladi.
Boshqaruv psixologiyasining o’rganish predmeti – shaxs uning psixikasi va faoliyatining o’ziga xosligidir. Boshqaruv psixologiyasining predmeti serqirradir. Uning quyidagi tarkibiy qismlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
1. Boshqaruvchi va xodimlarning psixologik xususiyatlari boshqaruv psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Rahbar shaxsining o’ziga xos xususiyatlari boshqaruv faoliyatining psixologik asoslari psixologiyaning boshqa sohalarida o’rganilmaydi.
2. Shaxs faoliyatining samaradorligi faqatgina uning kasbiy yetukligi bilan belgilanmay, balki shaxsning ayni damdagi ruhiy holatiga ham bog’liqdir. SHuning uchun ham shaxs psixikasiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etuvchi omillarni o’rganish uning faoliyatini samaradorligini oshirishi mumkin.
3. Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim o’rtasidagi inforatsiyalarning o’ziga xos tomonlarini o’rganadi va ushbu axborotlarning psixologik jihatlarini ochib beradi.
4. Boshqaruv psixologiyasi rahbar va xodim boshqarilayotgan jamoa orasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganadi.
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi. Doimiy va tez o’zgaruvchan zamonaviy dunyoda psixologiya kabi fanlarga ulkan talablar qo’yilmoqda. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, psixologlar hozirgi kunda shaxsdagi o’zgarishlarni rejalashtirish, shaxsdagi regressiyani profilaktika qilish zarur.
Rahbar uzoqni ko’ra bilishi va tashkilot faoliyatidagi psixolgik omillar muhimdir. O’z navbatida psixologlar ham amaliy yordam ko’rsatish bilan birga samarali ishbilarmonlik aloqalarini o’rnata olishi kerak.
Hozirgi kunda amaliy psixologiyada barcha toifadagi xizmatchilar uchun ijtimoiy psixologik yordam dasturining turli shakl va metodlari ishlab chiqilgan. Jahon amaliy psixologiyasining ishlanmalarini qo’llash, g’arb dasturlarini moslashtirib xodimlar uchun ma’ruza, seminar, ishbilarmonlik va treninglarni tashkil qilish muassasadagi mehnat samaradorligini oshiradi.
Amaliyotning ko’rsatishicha, shaxslararo munosabatlar sohasi boshqaruvchi uchun noaniq doimiy sohaligicha qoladi, shuning uchun bunday munosabatlarda rahbar o’zini noqulay his etadi.
Boshqaruv psixologiyasi boshqaruv jarayonida shaxs psixologiyasining o’ziga xos jihatlarini o’rganib, ushbu omillarni boshqaruv jarayonida qo’llash uchun zaruriy tavsiyalarni beradi.
Jamiyatda boshqarishning asosiy mazmuni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida: mehnat faoliyatida, ishlab chiqarishda, ijtimoiy, siyosiy faoliyatda, mafkuraviy sohada, ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda aniq imkoniyatlari o’rganiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilardagi ijtimoiy aloqani shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli qatlamidagi xulq-atvori qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularni shaxsning ongi va xulqiga ta’siri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. SHaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish qobiliyatini o’rganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini o’rganadi.
Kishilarning fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ularning madaniy hamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullarning ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning ehtiyoj va manfaatlari ma’naviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili bo’lib, ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati, ishlab chiqarishdagi qulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat qiladi.
Fanning mohiyati boshqaruv jarayonlari: faoliyat, manfaat, o’zaro munosabat, o’z-o’zini boshqarish, insonlar ruhiyatini o’rgangan holda ta’sir ko’rsatish va chet el tajribalarini o’rganishdir.
Fanning predmeti shaxslar, ijtimoiy guruxlarning o’zaro rahbar va bo’ysinuvchilar bilan munosabati va ruhiyatini o’rganishdir.
Fanning asosiy vazifasi chet el tajribalaridan foydalanilgan holda amaliyotda, ya’ni korxona faoliyatiga tadbiq etish, aniqlash, korxonaning maqsadi va aniq imkoniyatlarini o’rganish, jamoani jipslashtirish, korxonaning psixologik iqlimini yaxshilash, ijtimoiy ximoyalash natijasida ishlab chiqarish va mehnat samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishdir. Bulardan tashqari hozirgi psixologlarning tadqiqotlari, printsiplari, yo’l-yo’riqlari natijasida korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash, mehnat jamoalarini tarbiyalash, o’zaro yordam, hamda bir-birlarini qo’llab-quvvatlashning foydali tomonlarini tushuntirishdir.
Fanda boshqaruv tushunchasi tizimning uz xayot faoliyatini ta’minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshkaruv tuzilma sifatida boshkrruvchi va boshqariluvchi bo’laklarga ajratiladi.
Boshqaruv o’z tasarrufidagi boshqariluvchi bo’lakka muntazam, rejali va maqsadga yo’nalgan tarzdagi ta’sir kuchiga ega. Bunday o’zaro faoliyat tizimning ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar kibernetika fani yuzaga kelishi tufayli jadal sur’atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshqarishning ilmiy asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko’p jixatdan davr ehtiyojini aks ettiruvchi asosiy manbaa bo’lib xisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning yaxlitligini ta’minlasa, ikkinchi tomondan uni yanada takomillashtirish va rivojlantirish imkonini beradi. SHu o’rinda boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasi farqlanadi: maqsadga yo’naltiruvchi va tashkiliy funktsiyalar.
Maqsadga yo’naltiruvchi funktsiya tuzilmani yanada mukammallashtirish maqsadiga yo’naltiradi. Tashkiliy funktsiya esa tuzilmaning maqsadga erishishdagi ichki tartibi va uning turli qismlari o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni ta’minlaydi.
Yuqoridagi asosiy ikki boshqaruv funktsiyasi qator vazifalar orqali amalga oshadi. Masalan, maqsadga yo’naltiruvchi funktsiyani ado etishda faoliyat tarkibiga:
- natijani prognozlash;
- maqsad sari faoliyatni rejalash;
- amalga oshirish motivatsiyalari kiradi.
Maqsadga yo’nalgan faoliyatni amalga oshirish tashkiliy funktsiyalar orqali ta’minlanadi. Bu soxadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda nazoratni amalga oshirish boshqaruvning ikkala funktsiyasi uchun ham umumiy bo’lgan universal xususiyat bo’lib, u boshqaruvning har qanday jarayonida doimiy qayta aloqani ta’minlab turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi bo’lib, bu ibora tuzilmaning o’z maqsadi sari intilishi qay yo’sinda ketayotgani va qanday jihatlarni o’zgartirish, yanada mukammallashtirish haqida ma’lumot olishni anglatadi.
Yuqorida qayd etilgan boshqaruvning ikki asosiy funktsiyasini alohida talqin etish juda shartli bo’lib, aslida ular ajralmas va yagona jarayonlardir.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə