Dante aligyeri



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə6/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi

V. Lutsifer timsoli
Danteni tang ahvolga solgan, Italiya ravnaqi, birligiga to‘g‘anoq bo‘lgan “Lupa”ning ikki asosiy jihati mavjud – Badnafslik, Tamayu uning oqibati sanalmish Tarqoqlik, Noahillikning sababkori – Yovvoyilik, Hayvoniy kuch. Ularning boshi ham, oxiri ham “Sonno”dir. Ushbu “G‘aflat” obrazining ixcham ko‘rinishi – “Bo‘ri”ning qolgan sheriklari bo‘lmish “Arslon”u “Qoplon” ham qo‘sh xususiyatlardan iborat: “Leone” – “Kibr” va “Zulm”; “Lonza” – “Zino” hamda unga unchalik aloqasi yo‘q “Hasad”. Ayni shu keyingi ikki gunohni qoralik bog‘lab turibdi. Ularga yo‘liqqanlarning tashiyu ichi ham aynan tundek qop-qoradir (Qoplon tanasini dog‘ bosganini bir eslang!). Umuman, Dante yo‘liqqan “O‘rmon”ning uch tarkibiy qismi – “Paura”, “Pelago” va “Sonno” nafaqat yirtqichlar, balki ranglar timsolida-da zuhur etgan. Jumladan, hozirgina tilga olganimiz “Qora” zaminning eng chuqur tubi (Do‘zaxning 9-qavati)da to‘nggan butun yovuzlikning jam’i bo‘lmish Lutsiferning chap yuziga chaplangan. Iblis yuzining old tomoni zulm, xun, to‘kilgan qondan qizargan, o‘ng yoni esa xasislik, ochko‘zlik, hayvoniy nafsni bildiruvchi oqish-sarg‘ish tusda.
Shunday qilib, bu mulohazalar ulanib, quyidagi yagona fikrga kelib taqaladi: Sabab – “Changalzor” (bu dunyo)ning ta’siri Oqibat – Azozilga dovurdir. Dante bu ta’sirni har tomonlama ko‘rmay, his qilmay, shuningdek, oraliqdagi A’rofni bosib o‘tmay, yana ham aniqroq aytsak, fanodan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jannatga, Haq huzuriga (tepalik orqali osmon yoritqichlari – yetti sayyoraga) bora olmasdi. Shoir avval bu mubham dunyoning qorong‘i soyasi tushgan yer osti saltanati – Do‘zaxdagi vaziyat bilan tanishishi, tanishishgina emas, uni anglashi, ushbu anglash Beatriche turgan Jannatga qadar cho‘zilgan Hidoyat yo‘lining ilk bosqichi bo‘lishi lozim edi. Buning uchun esa xaloskor tepalikka chiqishdan voz kechib, xaloskor ruh ko‘rsatayotgan va yetaklayotgan sermashaqqat, olis yo‘lni tanlamoq darkor. Ayni damlarda Danteni yirtqichlar changalidan qutqarib, Do‘zax va A’rof bo‘ylab o‘tadigan sayohatda unga yo‘lboshchilik qilayotgan Vergiliy shoirga aynan shu narsani da’vat etadi.
Alalxusus, florensiyalik Dante Aligyeri hayotining ikkinchi pallasiga o‘tish oldidan adashib-gangib yurgan dorulfanoyu uning ramzi “Selva” [“O‘rmon”] hayvon shaklidagi voqelanishu turli xususiyatlarga ko‘ra ixcham obrazlardan yig‘ilgan o‘ta yirik obraz esa-da, Dante qalbi undan qudratliroq, teranroq timsoldir. Chunki daho ijodkor vujudini sig‘dira olmagan foniy dunyoning o‘zi shu qalbga bemalol sig‘ib, unda in’ikos topgandir.


Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə