Dante aligyeri


I. O’rmon (foniy dunyo) va uning atributlari



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi

I. O’rmon (foniy dunyo) va uning atributlari
Aksar diniy ta’limotlarning nuqtai nazari bo‘yicha inson umri foniy va boqiy deb atalmish ikki dunyo – ikki bosqichdan iborat. Shunga ko‘ra barchamiz qachondir albatta ikkinchi dunyoga – dorulbaqoga rihlat qilamiz. Ana shundagina qanday yashaganimiz, aslida kim bo‘lganimizni o‘zimiz to‘la anglab yetamiz. “Komediya”ning dahshatli changalzor changaliga tushib qolgan bosh qahramoni Dante ham bundan mustasno emas edi. Shoir yorug‘ olamni tark etish arafasida. Lekin bu vaqtinchalik holdir. Chunki Dantega ruhi tanasini tark etmay turiboq dorulbaqoga borish imkoni berilgan, shuning uchun u o‘zga bandalardan farqli tarzda mazkur “sayohat”dan yana bu dunyoga qayta olardi. Ammo qaytishi va so‘ngra haqiqatda jon taslim qilishidan keyingi hayoti umrining uchinchi hamda to‘rtinchi pallasi bo‘lmaydi. Boisi har ikki olamning eng umumiy mohiyatini anglaydigan Dante uchun ular shunchaki takror, xolos.
Shoir zaminiy umri adog‘ida shunday joyga keldiki, u yer qop-qorong‘i, yurishga yo‘li yo‘q changalzor edi. Bu aslida yovuzlikdan tun tusini olgan, gunohlardan, razolatdan to‘lib, Haq manzili bekilgan o‘tkinchi dunyoning majoziy tasviri bo‘lib, dorulfano – quyuq o‘rmonzorni, undagi kechmishini o‘ylashning o‘zi Dante uchun maholdir.
“Qorong‘i” [“Oscuro”] va “Yovvoyi” [“Selvaggio”] changalzor xotirasi bugun ham dilni xuftonu kishini odamovi qiladi. Chunki besh kunlik dunyoning eng mudhish, eng chirkin timsoli bo‘lmish o‘sha ma’vo uchun aynan zim-ziyo va yovvoyilarcha xudbinlik xosdir. O‘z navbatida “Selva” [“O‘rmon”]ning bunday xususiyatlari Dantening yaqin-orada adog‘iga yetguvchi zaminiy umri haqida xulosalar chiqarishni taqozo etardi. Shu xulosalardan dastlabkisi esa birgina metaforada ifodalangan – “La Paura”, ya’ni “Dahshat”! “Komediya” muqaddimasi aynan shunday dahshatdan, shunday tragediyadan iborat. Endi “Dahshat” [“Paura”]ning uchinchi, asosiy funksiyasi shakllandi – “Qorong‘ilik” va “Yovvoyilik” “Amaro”ni keltirib chiqardi. Shunday qilib, bizga “O‘rmon”ning quyidagi uch atributi ma’lum: “Oscuro” [“Qorong‘i”], “Selvaggio” [“Yovvoyi”] hamda “Amaro” [“Zahri qotil”, “Zulmkor”].
“Dahshat” bois gangigan shoir uning boshlanish yerini bilmaydi. Bunga sabab g‘aflat uyqusi, Hidoyat yo‘lidan g‘ofillikdir. Bu “Uyqu” “O‘rmon”da Dantening Haq manziliga borishiga to‘sqinlik qildi. U – “Dahshat”ning oqibati. Bu “Uyqu”, aniqrog‘i, “G‘ofillik” “Dahshat”dan-da dahshatli. Chunki u nafs orqasida ko‘plarni mast qilib, sarob yanglig‘ aldaydi. Shunday esa-da, mazkur “G‘aflat” muvaqqatdir. Dante asta-sekin bundan voqif bo‘ldi. Mana, adib tomonidan “Selva” xususida chiqarilgan xulosalarning ikkinchisi: “Sonno” (“Uyqu”, “G‘aflat”)! Endi u shu to‘xtamga tayangan holda vaziyatdan chiqishga intildi:

Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə