Dante aligyeri



Yüklə 70,49 Kb.
səhifə4/11
tarix29.11.2023
ölçüsü70,49 Kb.
#142174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilohiy komediya. Struktura. obrazlar tizimi

III. Uch yirtqich
Ayni damda o‘zi qadam qo‘ygan “Passo” [“Odim”, “Kechuv”]ga – o‘tkinchi dunyo va boqiy olam o‘rtasidagi ko‘prikka yetib kelguniga qadar ancha-muncha baloning changalidan chiqa olgan Dante barcha ofatlar daf bo‘ldi deb o‘ylagandi.
Changalzor kasofati butkul tugamagan ekan. Undagi hayvonlar – bu dunyo illatlari Haq manziliga borishga monelik qilmoqda. Ulardan dastlabkisi esa “Selva oscura”ning “mahsul”i, Semiramida, Kleopatra, Axilles, Paris, Yelena kabi jahonga dong‘i taralgan shohzodalarni ham o‘z komiga tortgan shahvatparastlik [Bu kishilar shunday gunohlari uchun do‘zaxning ikkinchi qavatida jazolanadi (5-qo‘shiq)]ning ramzi, “Pelago”da vujudga kelib, uni makon tutganidan hamma yog‘i dog‘, chirkin maxluq YAGUARDIR. Ayni shu hayvon rom etguvchi o‘tkir tishu panjalari bilan sudraydigan o‘sha joy – qop-qora botqoqlik shu qadar chuqurki, uning eng teran qa’ri albatta jahannamga eltadi. Qizig‘i, “Pelago”da tubanlashganlar do‘zaxda kuchli shamol dastidan havoda xoru xas singari chirpirak bo‘lib uchib yuradi. Ha, shunday, qoplonga ergashganlar oniy dunyoning oniy lazzati deb boqiy dunyoning boqiy azoblariga mahkumdir. Dante esa o‘rmonning boshqa ulkan illatlari qatori “Qoralik”ni ham ma’nan yengib o‘tgandi. Endi “Selva” so‘nggi kuchlarini ishga solmoqda: moddiy dunyoning moddiy ko‘rinishdagi atributlari – yirtqich hayvonlar hidoyat sari ketayotgan adibni yo‘ldan urishga urindi. Buni ayniqsa, “Lonza”, ya’niki qoplon ma’lum vaqt osongina uddaladi.
Dantening gangib qolishiga sababkor bu qoplon tunda juda faol. Chunki uning “homiyligi”dagi zinokorlik ko‘proq qorong‘ilikka moyil. Aynan shunday paytlarda shahvoniy nafs bandalari qop-qora balchiqqa belanadi. Masalaga ma’naviy-axloqiy jihatdan yondashsak, shuning uchun ham bundaylarning xuddi qoplon kabi tanayu yuzini qop-qora dog‘ bosgan. Lekin ular kun yorug‘ida o‘zlarini oppoq, pokdomon qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishadi. Agar buni eplay olishmasa, in-inlariga kirib ketishadi. Mazkur toifaga xos osiylikning obrazi sanalgan “Lonza” ham shu holga tushdi.
Shu topda tangri olamni yaratgan damdagidek holatni ko‘rish mumkin edi. Yodingizdadir, Uning (Xalloqning) darakchisi quyosh tepalik cho‘qqisiga ziyo sochib, Dantega Haqdan ilk nishona bergandi. Endi esa qorong‘i osmon asta-sekin moviy tusga kira boshladi.
Shahvatparastlikka – “Lonza” [“Qoplon”]ga nisbatan cheksiz nafrat tuygan Dante sal oldin undan qo‘rqqan ham edi. Shu bir lahzalik sarosima, esankirash, ishtiboh oxir-oqibat “Dahshat”ga evrildi – viqori-la tahlika soluvchi arslon paydo bo‘ldi:
Lek bir sher sumbati ko‘rinib, mani 45 Dahshat-la baribir etdi-ku azl.
Dante yorug‘ dunyo – aslida-chi, qorong‘i o‘rmon, ya’ni “Selva oscura”ning qarosidan, shu bilan birgalikda o‘sha changalzordagi zo‘ravonlik, oqibati ezgin holat, achchiq xotira, ayanchli qismat bo‘lguvchi zulm – “Amaro” hamda yirtqichlarcha yovvoyilik, tamagirlik timsoli – “Selvaggio”dan ham ilgari ruhan ustun chiqqandi. Oldin chaqirtikanaklar, o‘tib bo‘lmas shox-shabbalar, labirintmonand tor yo‘llaru ularning vahshatli mahobati adibga uqubat keltirgan esa, shu topda o‘sha “Dahshat”ning umumiy jamlanmasi – “Leone” [“Arslon”] yana bir bor Danteni o‘z komiga tortmoqchi. Bu kom oldin zulm ko‘rib, so‘ng o‘zi ham zulmkorga aylanganlarni “Pelago”ga o‘xshab yutib yuboradi. Faqat tafovut shundaki, uning nihoyasi tomuqning ikkinchi qavatidan ham battarin yettinchi qavatidadir.
Hali ancha vaqtdan keyin o‘sha rutubatli, mudhish joyning ilk sathida hodiy Vergiliy hamda Dante Flegeton daryosining qaynoq qonli mavjlarida qovrilib azob chekayotgan Aleksandr, Dionisiy, Asolino, Obisso d’Este, Gi de Monfora, Attila, Pirr, Sekst, Rinyer de’ Passi, Rinyer Korneto hamda shu kabi turli zolim, qonxo‘r hukmdorlarni, qaroqchiyu qotillarni (12-qo‘shiq), uchinchi sathda esa o‘tli yomg‘ir, samum ostidagi mag‘rur Kapaneyday tangriga-da bepisand boqqan mutakabbirlarni uchratadi (14-qo‘shiq). Mazkur gunohkor bandalar bir paytlar hozir biz ko‘rayotgan yoldor, mag‘rur arslonning, to‘g‘rirog‘i, “Paura” [“Dahshat”]ning “Yovvoyi” changaliga tushib, “Qop-qora” hiqildog‘iga yutilgan. Shu bo‘yi ular marhumlar ruhini o‘zlariga mos joylarga hukm qilguvchi Minosning ixtiyori (5-qo‘shiq)ga yuborilgan.
Ma’lumki, har qanday qon to‘kish, xunrezlik, zulm irodasizlik va jilovsiz nafs orqasida voqe’dir. “Arslon”ga ergashgan beshafqat, johil kimsalarning aqlini o‘g‘irlagan ana shu manfaatu nafs xudobexabarlik, g‘aflat, “Sonno” (bu to‘g‘rida avval alohida qayd etgan edik!)dir. U ham hamisha zo‘ravonlikka yovuq. Ma’naviy uyqu domidagilar, nuqul jig‘ildon tashvishida yashaguvchilar quturib, hayvoniy nafsini qondirish maqsadida xundan, vahshiylikdan toymaydi. Vahshat, kibr esa Hidoyatga intilguvchi qalb uchun Dahshatli Zulmdir.
Mana, nihoyat, o‘sha arslonning sherigi, ochko‘z, mechkay, “Paura” yoki “Selva” yoxud dorulfanoning uch atributidan biri, “Selvaggio” [“Yovvoyi”], yorug‘ olamning eng xarakterli ramzi bo‘lmish aldoqchi xira tush – “Sonno”, xullas, shuning kabi sifatlaru xususiyatlar egasi – “Lupa” [“Bo‘ri”] ham Dante qarshisida shay.
Bu hayvon ko‘plarni Nafsning Yovvoyi Uyqusi-la avrab, ochofat Chakkolarga u dunyoda ham taqdirdosh qiladi: do‘zaxning uchinchi doirasida bahaybat ochko‘z mahluq – ko‘ppak Serber hamda shiddatkor selu yomg‘ir dastidan ularning terisi shilinadi, o‘zlari loyga botiriladi (6-qo‘shiq). Ana o‘sha Serberga o‘xshash “Bo‘ri” esa Dante qalbidagi so‘nggi umid uchqunini o‘chirmoqda: Shu maxluq ham etgach meni aftoda Avzoyin qoplamish dahshat-la nogoh, 54 Yuksakdan umidim uzdim shu topda.
Adib “Altezza” [“Balandlik”] sari intilmoqda edi. “Yuksaklik”ka nisbatan mana shu umid, ishonch, e’tiqod uni omon saqlab keldi. Afsuski, “Lupa” aynan “Speranza” [“Umid”]ga hujum qildi. Dante qalbidagi bu yo‘qotish esa davlatmand kishining butun boshli xazinasidan, mol-dunyosidan ajrashiga barobardir.
Tama, hakalak otgan nafs jamiki ezgulikning dushmanidir. Aynan uning “Dahshat”i “Umid” [“Speranza”]ni mahv etayozdi. Keyin qarabsizki, ko‘ngil “Quyosh”i [“Sol”]dan yiroq ochko‘zlikning Qaro Dengizi Danteni yana o‘sha “Selva” ko‘rinishida “yutib yubordi.


Yüklə 70,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə