D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Aksentema  - urg‘u.  Allofroniya



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Aksentema 
- urg‘u. 
Allofroniya
(yun. allo “boshqacha”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) ziddiyat, 
qarama – qarshilik; 2) lisoniy birliklardagi har qanday siljishlar lisoniy birlik va 
uning ma’nolari o‘rtasidagi o‘zgarishlar mantiqdagi ziddiyat terminini lingvistik 
korrolyati. Masalan, besoqol, soqolsiz ma’nosi bilan birga “bachcha” ma’nosini ham 
ifodalaydi. Metafora, metonimiya, aksyumoron, enontiosemiya kabilar A.ning 
ko‘rinishlaridir. 
Antropofonik
- akustik-artikulyatsion xususiyatlarining oddiy umumlashmasi. 
A
pakopa
- fors-tojik hamda rus tili orqali o‘tgan bir qator olinmalarning oxirgi 
bo‘g‘inida ikki va undan ortiq undoshlar qator kelishlari mumkin. Lekin bir bo‘g‘inda 
kelgan bu undoshlar og‘zaki nutqda turkiy tillarning fonetik qonuniyatlariga 
moslashtiriladi va bir undosh tushirib qoldiriladi. Masalan, go‘sht-go‘sh, g‘isht-g’ish, 
barg-bak, vaqt-vaq va boshq.) 
Artikulyatsion baza
ma’lum bir tilga xos bo‘lgan nutq tovushlarini hosil 
qilishga muvofiqlashgan nutq apparati. Tovush artikulyatsiyasida uch holat bo‘ladi: 
Ekskursiya 
tovush artikulsiyasining tovush hosil qilishga o‘tish holati.
Pauza 
tovush 
artikulyatsiyasining tovush chiqarish uchun pauza qilish (to‘xtab olish) holati. 
Rekursiya
artikulyatsion bazaning asl holiga qaytish holati. 
Artikulyatsiya usuli
- tovush hosil qilish paytida ikki organning bir-biri bilan 
jipslashishi yoki jipslashmay, oradan havoning o‘tib ketishi uchun bo‘shliq qolishi. 
Artikulyatsiya o‘rni
- tovush hosil qilishda nutq organlarining ishtirok etgan 
qismi. 
Artofroniya 
(yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) 
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.) 
ziddi. 
Assimilyatsiya
turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida keng tarqalgan hodisa 
bo‘lib, nutqning moddiy zanjirida, ya’ni tovushlar ketma-ketligida ma’lum bir 
belgiga ko’ra ikkita noo‘xshash undoshning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga 
intilishi tufayli o‘xshash undoshga aylantirilishidir. Ko‘rinadiki, muayyan leksema 
tarkibida ma’lum belgi asosida zidlanuvchi ikki undosh talaffuz noqulayligini 
bartaraf qilish harakati tufayli zidlanish belgisini yo‘qotadi, bir xil undoshlarga 
aylanadi. Natijada leksemaning og‘zaki so‘zlashuv varianti – uslubiy varianti 
maydonga keladi. Masalan, tarnov- tannov, shirmoy non- shirmonnon, badtar- battar 
kabi. 
Artofroniya 
(yun. ortos “to‘g‘ri”, tronos “o‘ylamoq, sezmoq”) – 1) 
ziddiyatsizlik 2) lisoniy birliklarning to‘g‘ri ma’noda qo‘llanishi. Allofroniyaning (q.) 
ziddi. 


98 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə