D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Bo‘g‘in – fonetik birlik, o‘pkadan chiqayotgan havoning muayyan oraliqda bir  zarb bilan o‘tib ketishi.  Delimitativ funksiya



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Bo‘g‘in
– fonetik birlik, o‘pkadan chiqayotgan havoning muayyan oraliqda bir 
zarb bilan o‘tib ketishi. 
Delimitativ funksiya
– ajratish funksiyasi, bu funksiyani leksik urg‘u bajaradi. 
Differensial belgilar
– farqlovchi belgilar. 
Dissimilyatsiya. 
Leksema nomemasi tarkibidagi ma’lum belgisiga ko’ra ikki 
o’xshash undosh tovushning so‘zlovchining talaffuz qulayligiga intilish harakati 
tufayli o‘xshash belgilarning yo’qotilishi dissimilyatsiya hodisasini keltirib chiqaradi. 
Bunday hodisaning ro’y berishi esa leksema nomemasining og’zaki so’zlashuvga xos 
variantining hosil bo’lishiga olib keladi. 
Eksperimental fonetika - 
nutq tovushlarining fiziologik va akustik 
xususiyatlarini turli xil asbob-uskunalar yordamida o’rganadi. Tekshirishning ushbu 
usuli nutq tovushlarining alohida belgi-xususiyatlarini aniq belgilashga imkoniyat 
yaratadi. 
Eliziya 
sandhi holatda qator kelgan har xil turdagi ikki unlidan birining tushib 
qolishi hodisasidir. Sinerezis hodisasida qator kelgan unlilar o‘zaro birikib, bir unliga 
aylansa, eliziya hodisalarida bu unlilardan biri tushib qoladi
2
. Ana shu xususiyatlari 
bilan bu hodisalar bir-biridan farq qiladi. 
Faringallik belgisi 
– bo‘g‘izda hosil bo‘lish belgisi

Fuziya. 
Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. 
Aglyutinatsiyaning fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik 
ma’noning alohida-alohida shakllar yordamida ifoda-lanishi, grammatik ma’noni 
ifodalovchi grammatik shakllarning ko‘payishi bilan so’zning chapdan o‘ngga qarab 
cho’zilib borishi, leksik va grammatik morfemalarning bir-biriga qo’shilish chokining 
ajralib turishi, shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o’zak morfema-ning 
fonetik tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə