Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari reja


O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə8/10
tarix22.03.2024
ölçüsü40,35 Kb.
#181640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xusus-fayllar.org

O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo'li xalqimiz ko'zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo'lgan qonun ustuvorligini ta'minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o'zi bugun isbo’llab bermoqda». «O'zbekistonda qabul qilingan o'ziga xos islohot va modemizatsiya modeli orqali biz o'z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatiarimizni amalga oshirish vazifasini qo'yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o'zini-o'zi tartibga soladi, degan yolg’on va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik»2, deb ta'kidlab o'tgan edi mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tish yo'li ijtimoiy-yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo'lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
  • iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta'minlash;


  • o'tish davrida davlatning bosh isloho’lchi bo'lishi;


  • butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorl igining ta' minilanishi;


  • bozor munosabatlariga o'tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;


  • bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.


Birinchi Prezidentimiz LA.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo'yilganligi ta'kidlanadi:


  • totalitar tizimning og'ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;


  • Respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlari ni hisobga olgan hoi da bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish .


Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo'nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:


- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fond ini xususiylashtirish, qishloq xo jaligida va xalq xo'jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;


Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o'sishni ta'minlab, bozor munosabatlarini to'liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan quyidagi bir qator vazifalar belgilandi:


  • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishiii oxiriga etkazish;


  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta' minlash;


  • milliy valyuta - so'mni yanada mustahkamlash;


  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish, xomashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o'tish1. O'zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo'nalishlariIqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmal arming bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o'tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo'nalishlarini aniqlab olislmi taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar - iqtisodiyotda tub o'zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora- tadbirlar majmui.


Iqtisodiy islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat ko'rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ulaming ma'naviy- axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashdan iborat.


Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
  • mulkiy munosabatlarni isloh qilish;


  • agrar islohotlar;


  • moliya-kredit va narx-navo islohoti;


  • boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;


  • tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;


  • ijtimoiy islohotlar.


Mulkchilik munosabatlarini tubdan o'zgartirish - bu iqtisodiy islohotlarni bosh bo'g'inidir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o'tishning shart-sharoitlari yaratiladi.


Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichidayoq qishloq ho'jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar sabab bo'ldi:
  • Respublikada va uning iqtisodiyotigsha agrar soha ustunlikka egaligi, aholining kupchiligi qishloq xo jaligda bandligi, iqtisodiy o'sishning kup jihatdan shu tarmoq ahvoliga bog'liqligi;


  • qishloq xo'jalik mahsulotlari paxta hozirgi vaqtda valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo'lgan ozoq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta'minlayotgan asosiy manba ekanligi;


  • mustaqillik sharoitida qishloq xo'jaligining oziq-ovqat muammosini hal etishdagi rolining ortib borishi.


Moliya-kredit sohasini isloh qilish iqtisodiy tizimni izchillik bilan bozor munosabatlariga o'sib utishida alohida o'rin egallaydi. Moliyaviy munosabatlarda davlat byudjeti tanqisligini kamaytirib borish, byudjetdan beriladigan do’latsiyalar va subsidiyalami bosqichma-bosqich qisqartirish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun ehtiyojlari uchungina byudjetdan mablag' ajratish, xalq xo'jaligini rivojlantirishda investitsiya kreditlaridan keng foydalanish islohatlaming asosiy yo'nalishlari hisoblanadi.


Iqtisodiyotni isloh qilishning eng asosiy muammolaridan biri narxlami erkinlashtirishdir. Narxlarni erkin shakllanishi uchun narxlar tizimini isloh qilish ham zarurdir. Dastlab davlat xarid narxlarining amal qilish doirasi qisqartiriladi va keyin ichki narxlar jahon narxlariga muvofiqlashtirib boriladi. Shuningdek, narxi arni erkinlashtirishda xomashyo va mahsulot ayrim turlarining, narx-navo bilan aholi va korxonalar daromadlari o'rtasidagi tenglikka erishishga harakat qilinadi. Narxlar islohoti boshlangandan 1994 yilgacha hamma turdagi xomashyo va mahsulotlar bo'yicha erkin narxlarga o'tildi, barcha iste'mol mollari narxi ustidan davlat nazorati bekor qilindi. Iqtisodiy islohotlami amalga oshirish boshqarishning tegishli tizimni yaratishni talab qiladi. Shunga asosan kuplab markaziy iqtisodiy organlar va vazirliklar tugatildi: Davlat reja qo'mitasi; Davlat ta'minot qo'mitasi; Davlat narxlar qo'mitasi; Davlat agrosanoat qo'mitasi va boshqalar. Boshqarishning mahalliy darajasida (viloyat, tuman va shahar) ijrosiga boshqamv vazifalarini bojorish uchun hokimlik joriy qilindi. Bozor islohotlari bozor infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlarini ham qamrab oladi. Bunda moliya, bank- kredit tizimi muassasalari, sug'urta, auditorlik, yuridik va konsalting firmalari hamda kompaniyalarini, birja tizimini yaratish taqozo qilinadi. Bu birqancha yo'nalishlar bo'yicha bordi.
Birinchi yo'nalish bo'yicha tovar xom ashyo birjasi tizimi rivojlandi. Bu o'z navbatida, brokerlik va dilerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo’lishiga olib keldi.
Ikkinchi yo'nalishda kapital bozorining ishini ta'minlaydigan tuzilmalar vujudga keltirildi. Kredit resurslari bozori va valyuta bozori vujudga keltirildi hamda davlatga qarashli bo'lmagan sug'urta kompaniyalari tuzildi.
Uchinchi yo'nalish ishchi kuchi bozorini shakllantirishdan iborat bo'lib, bu sohada 240dan ortiq mehnat birjasini o'zichga oluvchi katta tarmoq tuzildi
Bozor islohotlari tashqi iqtisodiy aloqalarga ham tegishlidir. Bu sohada islohotlarni amalga oshirish borasidagi respublikaning zamonaviy tashqi iqtisodiy kompleksi mutlaqo yangidan shakllantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishi zarur bo'lgan muassasalar (tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati) barpo etildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming asl maqsadi - insonga munosib yashash va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat. Shu sababli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning butun davri davomida aholini ijtimoiy himoyalash bo'yicha chora-tadbirlar qo'rish ob'ektiv zaruriyatdir. Respublikada aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshirildi.
Birinchi yo'nalish - narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanishi darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlaming eng kam va o'rtacha darajasini muntazam oshirib borish.
Ikkinchi yo'nalish - Respublikaning ichki iste'mol bozorini himoya qilish hamda ozoq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saqlab turish.
Uchinchi yo'nalish - islohotlaming dastlabki bosqichida aholining kam ta' minlangan tabaqaiarini ijtimoiy himoyalash va qo'llab-quvvatlash. Shunday qilib, islohatlarning barcha yo'nalishlari mavjud iqtisodiy tizinming izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o'sib o'tishiga qaratiladi.



Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə