Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari reja



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə3/10
tarix22.03.2024
ölçüsü40,35 Kb.
#181640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xusus-fayllar.org

Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklami yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozori arda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.


  • Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma' muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng awalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining me'yorda qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora- tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.


  • Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo'jaligiga mos bo'lgan tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qollab-quvvatlasliga o'tishga yo'naltirilgan.

    Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga etishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.


    Davlat sektori: hukumatning roli Federal, davlat va mahalliy hukumat kabi davlat sektorining iqtisodiy faoliyatlari juda keng kolamlidir. Biz hukumatlarning iqtisodiy vazifalarini muhokama qilishdan boshlaymiz Iqtisodiyotda hukumatning roli qanday?
    Qonuniy tarkibning ta’minlanishi. Hukumat bozor iqtisodiyoting samarali boshqariluvidagi kerakli bo’lgan xizmatlami va qonuniy tizimni ta'minlab beradi. Qonuniy tizim biznes korxonalariga huquqiy maqom beradi, xususiy mulkdorlik huquqlarini ta'muinlaydi va shartnomalar tuzadi hamda ularning amal qilishini nazorat qiladi. Hukumat, shuningdek, biznesmenlar, resurs taklif etuvchilari va iste'molchilar o'rtasidagi munosabatlami nazorat qilib boruvchi huquqiy “tizim qonunlar”ini o'rnatadi. Hukumatning noqonuniy birliklami iqtisodiy munosabatlarini tugatadi va jarimaga tortiladi. Hukumat ishlariga aralashuv resurslarni taqsimlanishiga imkoniyat beradi. Ayirboshlash vositasini ta'nimlash, mahsulot silatini oshirish, egalik huquqlarini belgilash va shartnomalarni kuchga kiritish orqali hukumat ayirboshlash xavfsizligi va ko'lamini oshiradi. Bu esa bozorni kengaytiradi va mulk hamda inson resurslarida foydalanishdagi ko'proq muvofiqlashuviga imkoniyat beradi. Bunday muvofiqlashuv o'z navbatida, resurslardan samaraliroq foydalanishga yordam beradi. Har qanday mahsulotning optimal miqdoriga o'xshab, boshqarivning ham optimal miqdori me'yoriy daromad va me'yoriy xarajat tenglashadigan darajaga keltiriladi. Shunday qilib, boshqaruv haddan oshib ketadi yoki aksincha, juda susayib ketadi. Bundan ko'zlanadigan vazifa to'g'ri miqdorni topishdir.

    Yüklə 40,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə