Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xususiyatlari reja


O'zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati



Yüklə 40,35 Kb.
səhifə9/10
tarix22.03.2024
ölçüsü40,35 Kb.
#181640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning o’zbekistondagi xusus-fayllar.org

O'zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarining mazmuni, vazifalari va ahamiyati
Dastlabki bosqich - 1991-2000 уillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o'tish davri tom ma'noda tarixiy ahamiyatga egaligi e'tirof etildi. Bu bosqichda o'tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog'liq quyidagi dolzarb va muhim vazifalar belgilanib, amalga oshirildi:
Eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
Siyosiy va iqtisodiy taraqqiyot, davlat va jamiyat qurish strategiyasini barpo etishda xalqimizning tarixan shakllangan milliy va madaniy o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan, mamlakatimizning mavjud tabiiy- iqtisodiy, mineral- xomashyo va insoniy salohiyatini xolisona va jiddiy baholagan holda, jahon xo'jalik aloqalari tizimida o'ziga munosib joy egallash maqsadiga erishish;
Asosiy qomus - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish;
Davlat va iqtisodiyotni boshqarishning mustabid, markazlashgan tizimiga barham berish, mustaqil O'zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishi asoslarini, avvalo qonunchilik tizimini shakllantirish, markazda va joylarda vakolatlihokimiyatorganlarining yaxlit tizimini tashkil etish;
Tub ma'muriy islohotlami amalga oshirish, jumladan: markazlashgan rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari bo'lgan Davlat reja qo'mitasi, Davlat ta'minot, Davlat narx, Davlat agrosanoat va ko'plab tarnioq vazirliklarini tugatish, mahalliy hokimiyat organlarini qayta tashkil qilish - viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini joriy etish. Mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organi tizimi - mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
Sudlami jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta'minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish;
Qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi, konstitutsiyaviy tuzunmi ishonchli himoya qiladigan, jamoat tartibini ta'minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
Mamlakatimizda yoqilg'i-energetika va g'alla mustaqilligiga erishishdan iborat strategik vazifani hal etish;
Bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mexanizmini ishga tushirish;

Yüklə 40,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə