Boysun tuman 2-sonli maktabning 8-“A” sinf o`quvchilarining tarbiya fanidan



Yüklə 97,08 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü97,08 Kb.
#181628
1   2   3   4
5-sinf TARIX USTI

1.

E













2.










R
















3.







T



















4.




A
















5.







K













Krossvord savollari
1. “Susambil” ertagida qaysi hayvon onasidan Susambil haqida eshitgan edi?
2. “ ... va Qimmat” ertagi.
3. “Uch og’a-ini ...lar” ertagi.
4. Arabchadan tarjima qilinganda “so’z” degan ma’noni bildiruvchi xalq og’zaki ijodi janri.
5. Eshakning ikkinchi hamrohi kim edi?
III. Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa)
Mavzu: Xalq ertaklari
Xalq og’zaki ijodida ko’plab janrlar bor. Qo’shiq, maqol, topishmoq, afsona, rivoyat, asotir, latifa, lof, lapar, termalar, askiya, tez aytish, masal, alla, yor-yor va boshqalar shular jumlasidandir. Xalq og’zaki ijodida yana shunday ajoyib janr mav-judki, u ertak deb ataladi.
Ertak aytuvchilarni qadimda “ertakchi”, “matalchi” deb atashgan. Ertaklarning xarakterli xususiyati shundaki, ularda fantaziyaga keng o’rin beriladi, mubolag’a, giperbola kabi tasviriy vositalardan foydalaniladi. E’tibor bersangiz, ertaklarda ijobiy qahramon albatta yovuzlik, adolatsizlik ustidan g’alaba qozonadi, yaxshilik tantana qiladi. Chunki ertak qahramonlari xalq orzu-umidlarini, manfaatini ifodalaydilar.
Ertaklar azaldan xalqni, yosh avlodni insonparvarlik, vatanga muhabbat, rostgo’ylik va halollik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik va kamtarlik ruhida tarbiyalab kelgan.
Ertaklar turli mavzularda bo’lishi mumkin. Ular shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hajviy ertaklarga bo’linadi.
Hayvonlar haqidagi ertaklar barcha qiziqadigan fantastik hikoyalardir. Ulardagi asosiy mazmun majoziy, ya’ni ko’chma ma’noga ega. Masalan, ayyorlik va munofiqlik tulki, qonxo’rlik, laqmalik bo’ri orqali ifoda rtiladi. “Bo’ri bilan tulki”, “Echkining o’ch olishi”, “Ochko’z bo’ri”, “Ayiqpolvon” kabi ertaklar ana shunday asarlardir.
Sehrli ertaklar ham siz sevib va qiziqib o’qiydigan fantastik hikoyalardir. Ularda voqealar sehr-jodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan, asar qahramonlari har narsa qo’lidan keladigan mo’jizakor kimsalar (“Yalmog’iz”, “Devbachcha”) yoki jonlan-tirilgan narsa yoxud hayvonlar (“Ur to’qmoq”, “Ochil dasturxon”, “Semurg’”, “Su-sambil” ertaklari)dan iborat. Bu ertaklarning maqsadi ham turli g’ayriinsoniy illatlar: yolg’onchilik, johillik, ikkiyuzlamachilikni la’natlash, aql-farosatlilik, tadbirkorlik, jasurlik, rahmdillik, ahillik kabi chin insoniy xislatlarni targ’ib qilishdir.
Xalqimiz yaratgan xayoliy hikoyalar orasida shunday turkum ertaklar borki, ularni biz hayotiy-maishiy ertaklar deb ataymiz. Bunday ertaklardagi voqealarning aksariyati hayotga yaqin, hayotdan olingan. “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Ziyod botir”, “Tohir va Zuhra”, “Ozodachehra”, “Farhod va Shirin”, “Malikayi Husnobod”, “Uch og’a-ini botirlar” ana shunday ertaklar sirasidan. Hayotiy-maishiy ertaklar kishida jiddiy fikr-mulohazalar uyg’otadigan, muayyan tarbiyaviy yo’nalishga ega asarlardir. Ularda botirlik, yurtga fidoyilik, odamgarchilik, vafodorlik, himmat va saxovat kabi ezgu fazilatlar ulug’lanadi.
Ertaklarning yaratilishiga ko’ra yana bir turi – yozma ertaklar ham mavjud. U ja-hon adabiyoti, xususan, o’zbek yozma adabiyotining kata qismini tashkil etadi.
Jahon adabiyotida fransuz ertakchisi Sharl Perro (1628-1703), nemis ertaknavislari ErnstTeodor Amadey Gofman (1776-1822), aka-uka Yakob Grimm (1785-1863) va Vilgelm-Karl Grimm (1786-1859) lar, Vilgelm Gauf (1802-1877), daniyalik Hans Kristian Andersen (1805-1875), angliyalik Oskar Uayld (1854-1900), rus ertakchisi A. S. Pushkin (1799-1837), ijodining roppa-rosa o’n yilini faqat bolalar uchun ertak yaratishga bag’ishlagan L. N. Tolstoy (1828-1910), K. D. Ushinskiy (1824-1870) yozma ertakchilikni rivojlantirishga kata hissa qo’shdilar. O’zbek yozma ertakchiligi ham kata tarixga ega. Jaded bobolarimiz Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Siddiqiy-Ajziy o’zlari tuzgan maktab darsliklari uchun ko’plab ibratli ertaklar yaratdilar. O’tgan asr o’rtalarida Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg’”, Sulton Jo’raning “Zangori gilam”, Shukur Sa’dullaning “Ayyor chumchuq”, “No’xat polvon”, “Laqma it” she’riy ertaklari, “Yoriltosh”, “Afsona yaratgan qiz” ertak-pyesalari, “Kachal polvon” ertak-qissasi mashhur bo’ldi. Adiblarimizning ertakchilik sohasidagi an’analari keyinchalik X. To’xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev, O’. Imonberdiyev kabi ertaknavis mualliflarimiz davom ettirdilar.
“Ertaklar – yaxshilikka yetaklar” degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko’ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag’ishlovchi ma’naviy manbadir.


IV. YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH



BU ERTAKLAR QAYSI TURGA MANSUB?

“SUSAMBIL” ertagi

“UR TO’QMOQ” ERTAGI


V. Darsni yakunlash
1. O’quvchilarning javoblari tinglanib, dars xulosalanadi.
2. Guruhlar rag’batlantirilib, faol o’quvchilar baholanadi.
3. Uyga vazifa tushuntiriladi.






Foydalanilgan adabiyotlar
5-sinf adabiyot kitobi

Tuzuvchi
2-sonli o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani
o`qituvchisi Jabborova H.


Yüklə 97,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə