Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari
Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy
organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek,
yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi.
O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular
ham rus tilidagi hujjatlar
andozasiga asoslanar edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy
davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan
borayotgan bugungi kunda
dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk
texnik mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur fan matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar,
axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga
oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga
doir terminlar, ularni
tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy
fanlarni kiritish orqali
amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda
yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda
rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa
hammamizning oldimizda
turibdi.
“Akademik yozuv” fani fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, ish
yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib,
o‘z fikrini axborot texnologiyalari sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida
aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak texniklar o‘ziga
xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
O‘z ixtisosligidan
kelib chiqqan holda, O‘zbekiston texniklar
yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet
Fanning maqsadi - so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va
matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik
mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani
shakllantirishdir.
mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-
qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak
texniklar davlat tili -
o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun
dasturda texnologik bilimlariga alohida urg‘u berildi.
Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega
bo‘lib, bakalavr axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish
malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Til va yozuv.
Til - aloqa quroli, u
vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi.