Ilmiy-ommabop matnning lisoniy xususiyatlari



Yüklə 7,61 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü7,61 Kb.
#154637
maqolaga taqriz 2023 Ilmiy ommabop matnning lisoniy xususiyatlari


Namangan Davlat Universiteti
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o`qituvchisi M. Tojiboyevning
Ilmiy-ommabop matnning lisoniy xususiyatlari” maqolasiga
T A Q R I Z
Tarixning qaysidir bosqichida muayyan sivilizasiya o‘z zamonasining eng ilg‘ori bo‘lgan bo‘lsa, bunga hech bir istisnosiz, faqat va faqat ilm-fan borasida boshqalardan ilg‘or bo‘lgani evaziga erishgan. Aksincha, qaysidir tamaddun o‘z nufuzini yo‘qotib, oqibatda boshqalarga mute bo‘lib, inqirozga yuz tutgan bo‘lsa, u ham o‘sha jamiyatda ildiz otgan ilmsizlik va johillik oqibatida shunday ahvolga tushgan. Zero, Beruniy hazrat aytganidek, ilmga rag‘bat yo‘q joyda johillikka moyillik paydo bo‘ladi.
Biz orzu qilgan taraqqiyot ham yoki turli fitna-fasodlardan najot ham faqat ilmdan keladi. Ilmni jamiyatda keng yoyish orqali undagi ziyoli qatlam salmog‘ining ortishiga erishiladi. Natijada biz shunchaki savodli jamiyat emas, balki ziyoli jamiyat barpo etamiz.
Ushbu maqola matn, uning turlari, uning o’ziga xos vositalari, mashhur tilshunoslarning matnga bergan ta’riflari, matnda qo’llanilgan turli darajadagi birliklarga ko’ra lisoniy (lingvistik) o’ziga xosliklari, ilmiy-ommabop matnning soha mutaxassisi va nomutaxassis retsepiyent o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prik vazifasini o‘tashi va yuqori darajada murakkab ixtisoslashgan matnlarning mazmun-mohiyatini sodda va tushunarli tilda yetkazishdan iborat pragmatik vazifasi, bu vazifani bajarishda qo’llaniladigan leksik va sintaktik vositalar, ilmiy terminlarni anglash yengilroq bo‘lgan muqobillari, sodda sintaktik tuzilmalar haqida ma’lumot berib o’tilgan. Har bir lisoniy vositalarga batafsil to’xtalib o’tilgan. Ularning tarkibiy omillari, o’ziga xosliklari, turlari tavsiflangan. Ilmiy-ommabop uslub uchun xarakterli bo‘lgan mavhumlik va umumlashtirish kabi xususiyatlar, asosan, hozirgi zamondagi ko‘makchi, yordamchi va modal fe’llar, ilmiy-ommabop uslubda keng qo‘llaniladigan passiv konstruksiyalar (majhul nisbat), ilmiy-ommabop matnning sintaktik sathi uchun xarakterli bo’lgan sodda yoyiq gaplar va ular tarkibida keladigan izohlar, shu jumladan, shaxsi no’malum gaplar, stilistik figuralar, kirish so’zlar, bog‘lovchi xususiyatga ega gaplar va jumlalar va boshqa lisoniy vositalarga misollar keltirib o’tilgan va izohlangan.
Ilmiy-ommabop matnlarda nafaqat bayonni tasviriy kuchini oshirish, balki unga ifodalilik berishga yordam beradigan stilistik figuralar, jumladan, savol-javob usuli, o‘xshatish, jonlantirish, metafora, epitet va sanab o‘tish, kontekstual sinonimlardan foydalanish kabi lisoniy xususiyatlar haqida so’z brogan, misollar keltirilgan va tahlil qilingan.
Maqolada tilshunos olimlar tomonidan berilgan ta'riflar va fiklar ham keltirib o’tilgan. Ilmiy matn qurishning umumiy tamoyillari, jumladan, konnotativ ma’no, hissiy-ekspressiv va baholovchi leksikaning mavjud emasligi, bayon usulining qat’iy cheklanganligi va obyektivligi ilmiy-ommabop matnlarda unchalik rioya qilmasligi haqida aytib o’tilgan.
Ushbu maqola shu soha bo`yicha ilmiy ish va izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar uchun ilmiy manbaa bo`lib xizmat qilishi mumkin.


Taqrizchi: Sidiqov Qosim Abilovich
NamDU dotsenti, f.f.d.
Yüklə 7,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə